133
ONA TILI 5-sinf
90-dars. MUSTAHKAMLASH
1. Qanday so‘zlar qo‘shib yoziladi? Misollar asosida tu-
shuntiring.
2. Qanday so‘zlar bosh harfl ar bilan yoziladi?
3. Chiziqcha bilan yozish qoidalarini eslang. Misollar keltiring:
ota-ona, shon-shuhrat, boy-badavlat, sen-chi?
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar, tarixiy va arxaik so‘zlar deganda
nimalarni tushunasiz? Ular haqida bilganlaringizni gapiring, misollar
keltiring.
5. Insonlarning taqdirida ismlar qanchalik rol o‘ynaydi?
Ismi taqdiriga aylangan inson
O‘ylab ko‘rganmisiz, ba’zan insonga qo‘yilgan ism uning
taqdiriga aylanadi. Ismi kelajagini belgilagan insonlardan biri
mashhur kinorejissor, Xalq artisti Shuhrat Abbosovdir. Orangizda
“Shum bola”, “Sen yetim emassan”, “Mahallada duv-duv gap” kabi
kinofi lmlarni ko‘rmagan bolalar yo‘q bo‘lsa kerak. Ayniqsa, sho‘x
va quv bola haqidagi “Shum bola” fi lmini.
11 yoshida yetim qolgan bolakay
onasiga yordam berish
uchun juda erta ishlashga majbur bo‘ladi. Yetimlik, ocharchilik va
kambag‘allikni o‘z boshidan o‘tkazgani uchun ham ijodkorning fi lm-
lari samimiy, ishonarli. Barchasi tomoshabin qalbiga yetib boradi.
Shuhrat Abbosov 13 yoshida ilk bor rol o‘ynaydi. Bu ijro shu
qadar
ishonchli chiqadiki, tomoshabinlardan biri jahli chiqib
uning boshiga hassasi bilan uradi. Shuhratning
boshi yaxshigina
jarohatlanadi va qattiq og‘riydi. Balki, shu og‘riq o‘z egasiga o‘lmas
asarlar yaratishda yordam bergandir.
Bolalar! Taniqli kinorejissor bir necha xalqaro kinofestivallarning
bosh mukofotlarini qo‘lga
kiritgan, davlatimiz orden va medallari
sohibi edi.
Haqiqatan, ismiga munosib shon-shuhratga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: