135
ONA TILI 5-sinf
91-dars. TERMINLAR. KASBIY TERMINLAR
Naqqoshlik xalq amaliy san’atining qadimiy sohalaridan biridir.
Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza,
qolip muhim
ahamiyatga ega. Odatda, naqsh va bezakni malakali naqqosh usta -
lar chizib bergan. Bunday naqshlarni me’morchilik, gilamchilik, kash-
ta do‘zlik, kandakorlik kabi sohalarda uchratish mumkin.
Naqsh
yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari katta tajriba
va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda
naqqoshlar xalq
hunarmandlarining eng bilimdon, iste’dodli qismi hisoblangan.
(“Qomus” to‘plamidan)
320-mashq.
Rasmlardan birini tanlang va shu asosda
“Har bir kasb-
hunarning o‘z gashti bor”
mavzusida 5–6 ta gapdan iborat matn tuzing.
Matningizda kasbiy terminlardan foydalaning.
321-mashq.
Kasb-hunarga oid maqollarni ko‘chirib yozing, ulardagi
g‘oya bo‘yicha o‘z fi krlaringizni ayting.
1. Ish ustasidan qo‘rqadi. 2. Dehqon – yer sultoni, cho‘pon –
yaylov sultoni. 3. Usta ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar.
4. Yuz hunarni chala bilgandan ko‘ra bir hunarni to‘la bil. 5. Hunari
yo‘q kishidan bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Unda berilgan hunarlar nomi va kasbiy
terminlarga e’tibor bering.
Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni
ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlar
termin (atama)
deyiladi.
Terminlar qo‘llanilishiga ko‘ra
ilmiy termin
lar va
kasbiy termin-
larga bo‘linadi. Masalan:
masshtab, litosfera, azimut
– geo-
grafi yaga oid terminlar;
mum, poshna, yelim
– etikdo‘zlikka oid
terminlar.
http://eduportal.uz