Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190
5-sinf ona tili uzb

340-mashq. 
Kasb-hunarga oid so‘zlarni ko‘chiring. Ularning hayotda-
gi o‘rni haqida fi kringizni bayon qiling.
O‘qituvchi, uchuvchi, tarjimon, styuardessa, kutubxonachi, kulol, 
oshpaz, o‘t o‘chiruvchi, zargar.
341-mashq.
 
Berilgan so‘zlarni ilmiy va kasbiy terminlarga ajrating. 
Tenglama, soatsozlik, randa, miloddan avvalgi, hujayra, shpris, 
kashta, andava, she’r, imlo, to‘g‘ri to‘rtburchak.
Topshiriq. 
 
Berilgan matnni o‘qing.
Munosabat bildiring.
1. Siz bu kasbga qiziqasizmi? Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?
2. Joy nomlari, tarixiy, arxaik so‘zlarni ajratib, ko‘chiring.
http://eduportal.uz


143
ONA TILI 5-sinf
 
342-mashq.
 Uyga vazifa
. Yurtimizdagi ota-bobolarimiz tomonidan 
quril gan ko‘hna obidalardan biri haqida matn yozib keling.
98-dars. QAVM-QARINDOSHLIK BILAN 
BOG‘LIQ SO‘ZLAR
343-mashq.
 
“Bizning ahil oila”
 mavzusida og‘zaki matn tuzing. Bo-
bongiz, buvingiz, amaki, xola, tog‘a va ammalaringiz haqida so‘zlab be-
ring. Yana qancha qarindosh-urug‘laringizni bilasiz?
Bоlа edim, go‘dаk edim. Оnаm аkа-ukаlаr hаqidа g‘аlа-
ti bir cho‘p chаk аytib bergаn edi. Emishki, bir zаmоnlаr ikki 
аkа-ukа yashаgаn ekаn. Birining оti Ilhаq, ikkinchisiniki Is’hоq 
ekаn. Ikkаlаsi bir-birini ko‘rаrgа ko‘zi yo‘q, judа nоаhil ekаn. 
Ulаrninng ko‘nglini оlаmаn deb, оnаlаri аdоyi tаmоm bo‘pti. 
Shundа qоdir Хudоning qаhri kelibdi-yu, ikkоvining ko‘zini ko‘r 
qilib, qushgа аylаntirib qo‘yibdi. Shundаginа аkа-ukа bir-birini 
ko‘rmаsа turоlmаsligini, bir-birigа kerаk ekаnligini tushunib-
di. O‘shаndаn beri ikkаlаsi kechаlаri bo‘zlаb bir-birini chаqirib 
chiqishаrmish-u, tоpоlmаs emish...
(O‘tkir Hoshimov)

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin