141
ONA TILI 5-sinf
335-mashq.
Raqamlar ishtirok etgan maqollardan beshta yozing.
Masalan:
Sanamay sakkiz dema.
336-mashq.
Uyga vazifa.
Matematika darsiga doir 10 ta termin (atama) yozing va
ularning izohlarini bilib oling.
96-dars. IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARGA OID TERMINLAR
Alisher Navoiy hazratlari Samarqandda o‘qib yurgan kezlarida
Buxoroyi sharifga borishni orzu qilibdilar va karvonda Buxoroga yo‘l
olibdilar. Karvon yo‘l yurib, Karmanadan o‘tib Malik rabotga kelib
to‘xtabdi va dam olibdilar. Meshlarni to‘ldirib suv olibdilar. Karvonda
ketayotgan Navoiy yon-atrofi dagi cho‘l-u sahrolarni kuzatib, o‘yga
tolibdilar. Malik rabot va Sardobani barpo etganlar ruhiga tilovat
qilibdilar. “Qani endi, mening Farhodlarim shu joylarni obod qilsa lar,
suv chiqarib, bog‘-rog‘lar barpo qilsalar, imoratlar, yo‘llar, masjid-
madrasalar, dorush-shifolar barpo etsalar, sahrolar o‘rnida go‘zal
bir saltanat bunyod bo‘lsa”, deb orzu qilgan ekanlar.
(“
El desa Navoiyni
”
kitobidan
)
Dostları ilə paylaş: