144
ONA TILI 5-sinf
1. Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi. 2. Ota – xa -
zina, aka-uka – tayanch, do‘st esa har ikkalasi. 3. Ota-bola – bog‘:
biri – gul, biri – bog‘bon. 4.
Onalik uyning ori bor, Otalik uyning – zari.
5. Amma keldi – hamma keldi. 6. Xola – ikkinchi ona.
345-mashq.
Uyga vazifa.
Oilangizning shajara daraxtini chizing va
shoxlariga qarindosh-urug‘laringizni joylashtiring.
99-dars. MUSTAHKAMLASH
1. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalarini ko‘rsating.
2. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni qaysi sohalarda uchra tamiz?
3. Yozuvchilar o‘tmish haqidagi asarlarda tarixiy va arxaik so‘zlardan
foydalanishadi. Buning sababi nima?
4. Terminlar nima? Ilmiy va kasbiy terminlarga misollar keltiring.
Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayevning yozi
-
shicha, bir kishi Beruniydan iltimos qilib: “Menga
foyda keltiradigan
biror nar sani o‘rgatib qo‘ying”, – debdi. Olim unga o‘tkir narsalardan
tayyor lana digan bir dori tarkibini yozib beribdi.
Bu dori suvga tomizi-
lib, hosil bo‘lgan moddaga qalamni botirib,
aqiq toshga chizilsa,
tosh
dagi yozuv oq bo‘lib ko‘rinarkan. Buni o‘rganib olgan boyagi
kishi “Muhammad”, “Ali” va boshqa ismlarni toshga yozib: “Bu
falon joydan topilgan tabiiy yozuv”, – deb da’vo
qiladigan, sodda
odamlarning pulini shiladigan bo‘libdi.
Beruniy esa bu darsidan
pushaymon bo‘lib, “Ilmni nafsi uchun ishlatadiganlarga o‘rgatish –
uning jinoyatiga sherik bo‘lishdir”, deb tavba qilgan ekan. (“
Hikoyalar
sarasi
”
kitobidan
)
Dostları ilə paylaş: