Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 
312-mashq.
 Ismlar ma’nosiga diqqat qiling. Berilgan ismlarning ma’no-
sini bilib oling.
Anvar – nurli yoki toleyi porloq; Akmal – yetuk, barkamol, kuchli; 
Iroda – istab olingan, irodali qiz; Feruza – baxtli, iqboli baland, ko‘zlari 
moviy rang qiz; Xurshida – baxti quyosh kabi porloq. 
Shoir va yozuvchilar, ko‘pincha, o‘zlariga taxallus tanlashgan. 
Masalan, Navoiy o‘z taxallusini “navo” – “kuy” so‘zidan, Bobur esa 
“sher” so‘zidan olgan. Abdulhamid Cho‘lponning taxallusi “Cho‘lpon” –
“tong yulduzi ” degan ma’noni bildirsa, Abdurauf Fitratning adabiy 
taxallusi “tug‘ma iste’dod” degan ma’no anglatgan. 
Muso Toshmuhammad o‘g‘lining ham taxallusi o‘z tarixiga ega. Yosh 
Musavoy kechalari tom boshiga chiqib, to‘lin oyga tikilar, go‘zalligiga 
rom bo‘lar ekan. Shundanmi, o‘ziga Oybek degan taxallusni tanlagan 
ekan. (
“G‘aroyib olam” kitobidan
)
313-mashq.
 Erkin Vohidovning so‘zlariga diqqat qiling. Ismlarni qisqar-
tirib aytish to‘g‘rimi? Sinfdoshlaringiz ismi misolida savolga javob be ring.
 
So‘zni qisqartirishga juda ustamiz. Muhammad Rahim degan 
ismni Mamaraim, bu ham uzun tuyulib, Maraim deymiz. Xorazmlik 
esa Mirim deydi-qo‘yadi. 
314-mashq.
 
Quyida berilgan qahramonlar qaysi asardan?
Roqiyabibi (Qora buvi), Fanorchi ota va Qosim battol, G‘iyosid din 
Bahodir, yuz tup ko‘chat ekmoqchi bo‘lgan Po‘latjon.
315-mashq.
 
O‘z ismingizning ma’nosini va kim tomonidan qo‘yil-
ganini uch jumlada bayon qiling. Masalan: 
Mohlaroyim – to‘lin oy 
kabi go‘zal degani. Bu ismni buvim qo‘yganlar. O‘zimga ham, oila-
mizdagilarga ham ismim yoqadi.
316-mashq. 
Uyga vazifa. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin