so‘zlarning tagiga chizing. 19-dars. NUTQ TOVUSHLARINING MA’NO FARQLASH VAZIFASI Topshiriq. Matnni diqqat bilan tinglang. Bizning zamonda bir qishloq bo‘lgan ekan. Qishloq odam-
lari mehnatkash va
ahil ekanlar. Kunlarning birida bu qishloq-
qa bir ixtirochi yigit o‘zi yasagan robotni olib kelibdi va qishloq
ahl ini kashfi yoti bilan tanishtiribdi.
Bu robot juda kuchli va mehnatkash ekan.Tez orada u qish-
loqdagi og‘ir ishlarni o‘rganib olibdi. Robot dastyor
bola baja-
radigan barcha ishlarni: yer chopish, daraxt
o‘tqaz ish, hay -
vonlarga ortiladigan anjom-
abzal larni tashishni ham o‘zi ud-
dalar ekan. Odamlar bir haftada qiladigan qiyin, o‘g‘ir ishlarni
robot bir kunda qilar ekan. Qishloqdagilar o‘zlari ishlashdan
ko‘ra robotni ishlatishni
afzal ko‘ra boshlashibdi. Ixtirochi yigit
esa yana o‘nta shunday robot yasab, ularni sinovdan
o‘tkaz a
boshlabdi. Ammo odamlar bora-bora arzimagan ishlarni ham
robotlarga buyuradigan bo‘lishibdi. Ana shundan keyin muam-
molar boshlanibdi: kuni bilan bekorchilikka o‘rgangan odamlar
yalqov, urishqoq bo‘lib qolishibdi. Ahillik yo‘qolganini ko‘rgan
qishloq oqsoqoli
balo ning oldini olish maqsadida odamlarga
ham, ixtirochiga ham yoqadigan taklif aytibdi… (
Sh. Sattorov )
Bu qiziq! Robotni birinchi ixtiro qilgan shaxs musulmon olimi al-Jazariydir.
Robot bola ko‘rinishida bo‘lib, qomati tik, qo‘lida ko‘za to‘la suv, bir
qo‘lida sochiq bo‘lgan. Bosh kiyimi ustida qush turgan. Ibodat vaqti-
da qush sayrar, bola esa xojasi oldiga borib, uning qo‘liga ko‘zadan
ma’lum miqdorda suv quyar, so‘ngra sochiq tu tardi.
http://eduportal.uz