hayotiy
xulosalari o‘z aksini
topgan
. (
“Yoshlar ovozi” gazetasidan
)
66-mashq.
Quyidagi so‘zlardan foydalanib,
“Bizning qudratimiz birligi miz dadir
” mavzusi-
da og‘zaki matn tuzing. So‘zlardagi tovushlar-
ning talaffu ziga va eshitilishiga diqqat qiling.
So‘zlar: dunyo, yer shari, baynalmilal,
bolalar, baxt, do‘stlik, yovuz lik, kulfat, urush,
ilm, oq, qora, sariq, rang, kurashmoq, yeng-
moq, harakat.
67-mashq.
Uchta guruhga bo‘lining. Rasm
asosida 1-guruh “Barchamizning tilagimiz bit-
ta – tinchlik”; 2-guruh “Dunyo tinchligi bolalar
kulgisida aks etadi”; 3-guruh “Kurrayi zamin
barchamizniki” mavzula rida matn tuzing.
68-mashq.
Maqollarni ko‘chiring. Ayti lishi va yozilishi farqli so‘zlar-
ning tagiga chizing. Ulardagi g‘oya to‘g‘ri sida fi krlashing.
1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. 2. Elga qo‘-
shilsang, er bo‘lasan, Eldan ajralsang, yer bo‘lasan. 3. Ikki qo‘l
qilganini bir qo‘l qilolmas. 4. Birlashgan qo‘lda unum bo‘lar.
5. Bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun.
Topshiriqni bajaring.
1. Jamoaning kuch-qudrati haqida uch jumlada fi kr bayon qiling.
2. Matnga har xil sarlavha tanlang.
3. So‘nggi xatboshidagi maqollar qatorini sharhlang.
4. Ajratilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring, aytilishi va yozilishi-
ga diqqat qiling.
http://eduportal.uz
31
ONA TILI 5-sinf
69-mashq.
Uyga vazifa.
Do‘stlik va birdamlik haqida o‘zbek shoir-
lari ijodidan namunalar yozing. Talaffuzi va yozilishida farq qiluvchi
Dostları ilə paylaş: |