ONA TILI 5-sinf 101-mashq. Uyga vazifa. Koinot haqida 5 ta qizi qarli ma’lumot toping va daftaringizga yozing. Topgan ma’lumotlar asosida savollar tuzing. 28-dars. NAZORAT ISHI 29-dars. URG‘U VA UNING AHAMIYATI Topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi bo‘g‘ini biroz cho‘ziqroq aytilayotganiga e’tibor bering. CHUMCHUQLARGA UYADIR Ashraf aka anor so‘ydi,
Anormisan -anor deysiz.
Har donasi gavhar misol,
Yalt-yult etar
fanor deysiz.
“A” harfi ni olgan edik,
Yo‘q
narsadan bor bo‘ldi.
Barchamizga tanish hayvon,
Qo‘sh o‘rkachli nor bo‘ldi.
Bolakaylar , bilib qo‘ying,
Nor degani tuyadir.
“T” harfi ni qisqartirsak,
Chumchuqlarga uyadir.
(
Tursunboy Adashboyev )
102-mashq. O‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushishini hisobga olib, qatorni davom ettiring. Bola, kitob, savdo, davo …………
Urg‘u ikki xil bo‘ladi:
so‘z urg‘usi, gap urg‘usi .
So‘zdagi bo‘g‘inlardan birining boshqalariga nisbatan kuch-
liroq talaffuz qilinishi
so‘z urg‘usi hisoblanadi. Bizning tilimiz-
da so‘z urg‘usi, ko‘pincha, oxirgi bo‘g‘inga tushadi:
kito ́ b – kitobla ́ r – kitoblarda ́ n kabi.
4 – Ona tili – 5 sinf
http://eduportal.uz