ONA TILI 5-sinf
221-mashq.
Uyga vazifa
. Darsdan olgan taassurotlaringiz asosida
“
Zavodda
”
nomli matn yarating. Matn da qo‘sh undoshli so‘zlardan
foydalaning. Tav siya etiladigan so‘zlar:
zavod, muruvvat, kilogramm,
po‘lat quyuvchi, mehnat, zavq, harorat, zarra, issiq.
60-dars. QATOR UNDOSHLAR
TALAFFUZI VA IMLOSI
222-mashq.
So‘zlarni ko‘chiring. Tarkibida ikki xil undosh yonma-yon
kelgan so‘zlarning tagiga chizing. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Himmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do‘stlik, g‘isht, tabassum,
farzand, foyda, qirq, to‘xtamoq, o‘rtoq, transport, ilhom, ko‘rk,
mashina, stul, ulkan, aql, daraxt.
223-mashq.
Mehr, sabr, sayr, ilm
so‘zlari talaffuzi va yozilishini tahlil
qiling. Shunday so‘zlar qatorini kengaytiring.
224-mashq.
Matndan qo‘sh va qator undoshli so‘zlarni topib, tagiga
chizing.
Bir kuni oramizga yangi mehmon – Halima degan qizcha qo‘shil-
di. Uning qishlog‘imizga kelganini hammadan avval men bildim.
Kechqurun oyim dadam bilan dardlashib o‘tirib, aytib qo‘ydi.
Hakim brigadir bultur urushdan kelgan. Qizi Halimani shahardan
olib kelibdi. Qizchasi chaqqongina, zukko ekan. Men Halima bilan
tezda do‘st bo‘lib oldim. (
O‘.Hoshimov
)
225-mashq.
Maqollarni ko‘chiring. Qo‘sh va qator undoshli so‘zlar-
ning tagiga chizing.
Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar
qator
undoshli so‘zlardir
.
Qator undosh bilan tugagan ba’zi so‘zlar talaffuzida oxirgi
undosh deyarli aytilmasa-da, yoziladi:
go‘sht, do‘st, xursand,
barg, monand…
So‘z boshida qator undoshning kelishi faqat o‘zlashma
(boshqa tildan kirgan) so‘zlarga tegishli:
stol, broker, bloger…
http://eduportal.uz
|