ONA TILI 5-sinf temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o‘ralgan bu
temir odam ich-ichidan yonib turardi”.
2. 1928-yili Toshkentda ixtirochilar
B. Grabov skiy va I. Belyavskiylar elektr-
nur yordamida harakat qilayotgan tasvirni
bir joydan uzatadigan va qabul qiladigan
apparat yaratib, muvaffaqiyatli sinovdan
o‘tkazdilar. Poytaxtimiz televideniye vataniga
aylanishi bejiz emasdi. Chunki Alisher Navoiy bir necha asrlar ilgari
“Farhod va Shirin” dostonida bu qurilmani ham o‘z holicha “oynayi
jahon” deb nomlaydi. Farhod uzoq Arman o‘lkasining malikasi
Shirinning husni jamolini aynan shu vosita
orqali ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoladi.
3. “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ayi
sayyor”da eskalator va lift haqidagi faraz-
larni o‘qigan mashhur sharqshunos olim
Bertels ham hayrat og‘ushida qolganini
yashirmagan ekan.
“Shoh bu taxtga chiqadigan bo‘lsa, pilla poyalar uning qadam
qo‘yishi uchun pasayib, bir-birining ustiga yotadi. Shoh shu
8 poyaning hammasini bosib o‘tib, o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar
yana baland ko‘tariladi”. Bu yerda keyingi asrlarda, yana ham aniq-
rog‘i, 1892-yilda amerikalik kashfi yotchi Jessi Reno tomonidan
yasalgan eskalator haqida gap ketayotganiga shubha yo‘q.
(“
Navoiyshunoslik ”
dan )
302-mashq. Mirkarim Osimning “ Zulmat ichra nur ” kitobidan olingan parchani ko‘chiring. Tarixiy va arxaik so‘zlarning tagiga chizing. Munosabat bildiring.
1. Matnlarda berilgan olinma so‘zlarni topib, ular ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring. 2. Kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan olinma so‘zlarga misollar keltiring. http://eduportal.uz