Она тили 5 синф indd


Tarkibida antonimlar qo‘llangan 5– 6 ta ma-



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 Tarkibida antonimlar qo‘llangan 5– 6 ta ma-
qol yozing. Bu maqollarning qanday vaziyatlarda qo‘llanishini izohlang.
http://eduportal.uz


135
ONA TILI 5-sinf
 
91-dars. TERMINLAR. KASBIY TERMINLAR
Naqqoshlik xalq amaliy san’atining qadimiy sohalaridan biridir. 
Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muhim 
ahamiyatga ega. Odatda, naqsh va bezakni malakali naqqosh usta -
lar chizib bergan. Bunday naqshlarni me’morchilik, gilamchilik, kash-
ta do‘zlik, kandakorlik kabi sohalarda uchratish mumkin. 
Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari katta tajriba 
va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq 
hunarmandlarining eng bilimdon, iste’dodli qismi hisoblangan.
(“Qomus” to‘plamidan)
 
 320-mashq. 
Rasmlardan birini tanlang va shu asosda 
“Har bir kasb- 
hunarning o‘z gashti bor”
 mavzusida 5–6 ta gapdan iborat matn tuzing. 
Matningizda kasbiy terminlardan foydalaning.
 321-mashq.
 
Kasb-hunarga oid maqollarni ko‘chirib yozing, ulardagi 
g‘oya bo‘yicha o‘z fi krlaringizni ayting. 
1. Ish ustasidan qo‘rqadi. 2. Dehqon – yer sultoni, cho‘pon – 
yaylov sultoni. 3. Usta ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar.
4. Yuz hunarni chala bilgandan ko‘ra bir hunarni to‘la bil. 5. Hunari 
yo‘q kishidan bigizi bor yamoqchi yaxshi. 
 Topshiriq. 
Matnni o‘qing. Unda berilgan hunarlar nomi va kasbiy 
terminlarga e’tibor bering. 
Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni 
ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlar 
termin (atama)
deyiladi. 
Terminlar qo‘llanilishiga ko‘ra 
ilmiy termin
lar va
 kasbiy termin-
larga bo‘linadi. Masalan: 
masshtab, litosfera, azimut 
– geo-
grafi yaga oid terminlar; 
mum, poshna, yelim 
– etikdo‘zlikka oid 
terminlar. 
http://eduportal.uz


136

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin