ONA TILI 5-sinf 322-mashq. Ona tili faniga oid 10 ta ilmiy termin yozing. Masalan:
fonetika, ... 323-mashq. Uyga vazifa. Matematikaga oid 10 ta termin yozib, sharhlang. 92-dars. IQTISODIYOTGA OID TERMINLAR Pulni chiqindiga tashlamang Tabiatga va atrofi ngizdagi odamlarga
foyda keltirib, yana mo‘may-
gina
daromad topishni istaysizmi? Unda har joyda sochilib yotgan
pulni shunchaki yig‘ib oling. Axir, uyingizdagi javonda, sinfxonada yoki
boshqa joylarda uyum-uyum bo‘lib yotgan qog‘ozlar pul emasmi? Hozirda
qog‘ozni
sotib oladigan maxsus
shoxobchalar hamma joyda bor.
Shoxobchalar
qayta ishlash uchun zavod ga topshiradi. Zavod esa
qayta ishlangan mahsulotdan hojatxona qog‘ozi va karton qog‘ozini
ishlab chiqaradi. Qog‘ozni qayta ishlash tabiat muhofazasi uchun zarur. Chunki
qog‘oz yog‘ochdan tayyorlanadi. Qog‘oz ishlab chiqaradigan zavod -
lar har yili ming gektarlab maydondagi
erkin ne’mat bo‘lmish o‘r-
mon daraxtlarini kesib olishadi. Chiqindi qog‘ozlarini to‘plab ham
o‘rmonlarni muhofaza qilasiz, ham daromad qilasiz. (
Jurnaldan )
Topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarga e’tibor bering. Munosabat bildiring.
1. Sizning yoshingiz uchun mos bo‘lgan tadbirkorlikning yana qanday yo‘llari bor, deb o‘ylaysiz? 2. Kelajakda iqtisodchi bo‘lsangiz, yurtimiz iqtisodini yuksaltirish uchun qaysi sohalarni rivojlantirgan bo‘lardingiz? Iqtisod sohasida ishlatiladigan so‘zlar
iqtisodiy terminlar deb
ataladi.
http://eduportal.uz