Она тили 5 синф indd


-mashq.  Maqollarni ko‘chiring, ularda ilgari surilgan g‘oya to‘g‘ri sida



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 344-mashq.
 Maqollarni ko‘chiring, ularda ilgari surilgan g‘oya to‘g‘ri sida 
o‘z fi kringizni ayting. Qavm-qarindoshlikka oid so‘zlarning tagiga chizing.
Bilasizlarmi, 
shajara
so‘zi arabcha 
daraxt
so‘zidan olingan bo‘lib, insonlarning kelib 
chiqishi, qavm-qarindoshlik aloqalari maj-
muyini bildiradi. Siz o‘z shajarangiz haqida 
o‘ylab ko‘rganmisiz? 
Topshiriq.
Adabiyot darsligingizdan olingan matnni o‘qing. Qavm-
qarindoshlikni ifodalovchi atamalarga diqqat qiling.
Munosabat bildiring.
1. Siz aka-ukalaringiz, yaqinlaringiz bilan inoqmisiz? 
2. Ba’zan yaqinlaringiz bilan biror masalada tortishib qolsangiz, 
qanday yo‘l tutasiz?
http://eduportal.uz


144
ONA TILI 5-sinf
 
1. Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi. 2. Ota – xa -
zina, aka-uka – tayanch, do‘st esa har ikkalasi. 3. Ota-bola – bog‘: 
biri – gul, biri – bog‘bon. 4. Onalik uyning ori bor, Otalik uyning – zari. 
5. Amma keldi – hamma keldi. 6. Xola – ikkinchi ona. 
345-mashq.
Uyga vazifa. 
Oilangizning shajara daraxtini chizing va 
shoxlariga qarindosh-urug‘laringizni joylashtiring. 
 
99-dars. MUSTAHKAMLASH
1. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalarini ko‘rsating.
2. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni qaysi sohalarda uchra tamiz? 
3. Yozuvchilar o‘tmish haqidagi asarlarda tarixiy va arxaik so‘zlardan 
foydalanishadi. Buning sababi nima?
4. Terminlar nima? Ilmiy va kasbiy terminlarga misollar keltiring. 
 
Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayevning yozi 
-
shicha, bir kishi Beruniydan iltimos qilib: “Menga foyda keltiradigan 
biror nar sani o‘rgatib qo‘ying”, – debdi. Olim unga o‘tkir narsalardan 
tayyor lana digan bir dori tarkibini yozib beribdi. Bu dori suvga tomizi-
lib, hosil bo‘lgan moddaga qalamni botirib, aqiq toshga chizilsa, 
tosh 
dagi yozuv oq bo‘lib ko‘rinarkan. Buni o‘rganib olgan boyagi 
kishi “Muhammad”, “Ali” va boshqa ismlarni toshga yozib: “Bu 
falon joydan topilgan tabiiy yozuv”, – deb da’vo qiladigan, sodda 
odamlarning pulini shiladigan bo‘libdi. Beruniy esa bu darsidan 
pushaymon bo‘lib, “Ilmni nafsi uchun ishlatadiganlarga o‘rgatish – 
uning jinoyatiga sherik bo‘lishdir”, deb tavba qilgan ekan. (“
Hikoyalar 
sarasi
” 
kitobidan
)

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin