145
ONA TILI 5-sinf
Masala, brauzer, tovar, Google, tikuv mashinasi, xarid qilmoq,
randa, tenglama, kislorod, mahsulot, gidrosfera, sayt.
100-dars.
NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI
101
-
dars. IBORALAR
Hech bir so‘z, hech bir ibora bekor aytilmaydi. Og‘izdan og‘izga
o‘tib, so‘zlar almashadi, tushib qoladi. Harfl ar o‘zgaradi va tanib
bo‘lmas holga keladi. Agar biz ko‘proq izlasak, so‘zning so‘ziga
qalb qulog‘imizni tutsak, tilimizda majhul ibora qolmas.
Og‘ayni
chalish
ham besabab aytilmagan. Maqol aslida: og‘a-ini – bir juft
kalish bo‘lishi kerak. Kalishning ikki poyi bir-birisiz butun emas.
Og‘a-ini ham shundoq.
Og‘a-ini
, aslida, ikkita so‘z. Aka-uka degani. Bora-bora bu ikki
so‘z qisqarib, bir so‘zga aylandi.
O‘rtoq, oshna
ma’nosini bildiruvchi
og‘ayni
holiga keldi. Og‘ayni bir kishini bildirgach, juft so‘ziga hojat
qolmadi. Endi “Og‘ayni chalish – bir poy kalish” deyiladigan bo‘ldi.
Hozirda bir poy kalish ham iste’moldan chiqdi, hisob.
Og‘ayni
chalish
ning o‘zi qoldi va iboraga aylandi.
(Erkin Vohidov)
346-mashq.
Berilgan iboralarni ko‘chiring. Ularning sinonimi va anto-
Dostları ilə paylaş: