147
ONA TILI 5-sinf
350-mashq.
Tarozining bir pallasiga oddiy so‘zlarni, ikkinchi pallasiga
ibo ralarni qo‘ying. Qaysi tomonning qanday “
yuk bosishi
”ga e’tibor qarating.
Iboralar ishtirokida gaplar tuzing, o‘rniga so‘zlarni qo‘yib ko‘ring.
aldamoq ko‘zini bo‘yamoq
aldanmoq laqqa tushmoq
shirinsuxan og‘zidan
bol tomadigan
xursand chehrasi ochilgan
talabchan qattiqqo‘l
qo‘rqmoq o‘takasi yorilmoq
351-mashq.
Ko‘z
so‘zi ishtirokida hosil qilingan
ko‘zdan kechirmoq; ko‘zi
ola-kula bo‘lmoq; ko‘zining qirini tashlamoq; ko‘zi to‘rt bo‘lib kutmoq; qosh
qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq
iboralarining ma’nolarini to ping. Ular ishtirokida
gaplar tuzing, daftaringizga yozing.
352-mashq.
Quyidagi iboralarni ko‘chiring, qanday vaziyatda qo‘lla-
nishini sharhlang.
Qush uyasida ko‘rganini qiladi;
sichqonning ini ming tanga;
sen bog‘dan kelsang, u tog‘dan keladi; og‘zi qulog‘ida.
Namuna
:
Qush uyasida ko‘rganini qiladi
.
Odob – eng katta boylik. Odobni oilada o‘rganadilar, chunki qush
uyasida ko‘rganini qiladi.
Dostları ilə paylaş: