Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190
5-sinf ona tili uzb

359-mashq.
 
Adabiyot darslarida maqol janri haqida o‘qiganlaringizni 
esga oling va aytib bering.
Topshiriq. 
Hikoyani o‘qing va unga maqol bilan ifodalangan sarlavha 
tanlang.

Maqollar 
xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida 
maydonga keladi. Ular nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Ularda 
fi kr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak.
Maqollar
fi krni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalaydi. Nutqda 
maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati hisob-
lanadi. Bejiz “Ilm o‘lchovi – aql, zehn o‘lchovi – naql”, deyilmaydi. 
Maqollar
, asosan, bir, ikki misrali bo‘ladi. Ularda antonimlardan 
keng foydalaniladi.
http://eduportal.uz


150
ONA TILI 5-sinf
 
360-mashq.
 
“Besh luqma” topshirig‘i. Vatan va vatanparvarlik haqida-
gi ushbu maqollarni o‘qib, sharhlashga harakat qiling. Ular asosida 5 ta 
gapdan iborat matn tuzing. 
1. To‘ygan yerdan tug‘gan yer yaxshi. 2. Sigirning suti – tilida, 
erning quti (baxti) – elida. 3. Ko‘rpang qayerda bo‘lsa, ko‘ngling 
shu yerda. 4. Elga qo‘shilgan moy yutar, eldan ayrilgan qon yutar. 
5. O‘z yurting o‘lan to‘shaging, o‘zga yurt bo‘lmas beshiging. 6. Har 
toycha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maqtar.
361-mashq. 
Maqollarni o‘qing. Avval ilm haqidagi, keyin mehnat ha-
qidagi maqollarni ko‘chiring. 
1. Baxtingga ishonma, barmog‘ingga ishon. 2. Dangasaga os-
tona tepa bo‘lib ko‘rinar. 3. Ilmli uy charog‘on, ilmsiz uy zimiston. 
4. Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam – mehnati bilan. 5. Bilganing 
daryo bo‘lsa, bilmaganing – dengiz. 6. Tindim tunda, tinmadim kunduzi, 
bo‘ldi qo‘y telpagim qunduzi. 7. Ilmning tomir otishi achchiq, ammo 
hosili shirin. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin