ONA TILI 5-sinf 324-mashq. Quyidagi iqtisodiy terminlarning izohiga diqqat qilib, daf- taringizga ko‘chiring. Tovar – sotish uchun chiqarilgan mahsulot.
Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi.
Daromad – kishi (oila)ning ma’lum vaqtda qo‘lga kiritgan
moddiy hamda pul tushumlari.
325-mashq. Tadbirkorlikka oid quyidagi maqollarni ko‘chiring. 1. Ertangi ishga bugun reja tuz. 2. Tadbir bilan mushkul oson
bo‘lar. 3. Qalovini topsang, qor yonar. 4. Puxtaning ishi “besh”,
“shoshma”ning ishi bo‘sh. 5. Foydadan foyda chiqmasa, qora sigir
qayda? 6. Ot olmay oxur tuzat.
326-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi terminlarni ota-onangiz va lug‘at yor- da mida izohlab ko‘chiring: resurs, iqtisodiy ne’mat, tijorat, tadbirkor. 93-dars. INTERNETGA OID TERMINLAR Hozirda ijtimoiy tarmoqlar –
internet juda rivojlanib ketdi.
Ularning poydevorini ulug‘ bobomiz – “matematika otasi” al-
Xorazmiy qo‘yib ketganlarini bilasizmi? Bugun siz foydalanayot-
gan
“Telegram”, “Instagram”, “Tvitter” (“Twitter”) kabi tar-
moqlar juda mashhur. Shulardan biri
“Feysbuk” (“Facebook”) -
ning dunyoga kelishi ham qiziq bo‘lgan: bu tarmoq yaratuvchisi
Mark Sukerberg dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatida
turadi. Mark uni mashhur qilgan va unga milliardlar keltirgan
dastur ni talabalar yotoqxonasida yashab yurgan davrida, bir
necha talaba do‘stlari yordamida yaratadi. Bu dastur yaratilgunga
Aziz do‘stlar! Ijtimoiy tarmoqlarda – internet-
da ishlatiladigan so‘zlar
internetga oid terminlar deyiladi. Biz ulardan ko‘p foydalanamiz.
Topshiriq.