Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 kitobidan
)
317-mashq.
 5 ta ism yozib, ma’nosini izohlang.
318-mashq.
 
Berilgan ismlarni alifbo tartibida joylashtirib, daftaringizga 
yozing. Ismlarning talaffuzi va imlosiga e’tibor bering.
Abdusaid, Davlatshoh, Elbek, E’zoza, Gulinor, Hamida, Komila, 
Ma’murali, Zubayda, Zunnun.
319-mashq.
 
Uyga vazifa. 
Insonlarga xos 10 ta ism va jonivorlarga xos 
10 ta nom topib, izohlang.
 Topshiriq. 
Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing. 
http://eduportal.uz


133
ONA TILI 5-sinf
 
90-dars. MUSTAHKAMLASH
1. Qanday so‘zlar qo‘shib yoziladi? Misollar asosida tu-
shuntiring. 
2. Qanday so‘zlar bosh harfl ar bilan yoziladi? 
3. Chiziqcha bilan yozish qoidalarini eslang. Misollar keltiring: 
ota-ona, shon-shuhrat, boy-badavlat, sen-chi?
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar, tarixiy va arxaik so‘zlar deganda 
nimalarni tushunasiz? Ular haqida bilganlaringizni gapiring, misollar 
keltiring.
5. Insonlarning taqdirida ismlar qanchalik rol o‘ynaydi?
Ismi taqdiriga aylangan inson
O‘ylab ko‘rganmisiz, ba’zan insonga qo‘yilgan ism uning 
taqdiriga aylanadi. Ismi kelajagini belgilagan insonlardan biri 
mashhur kinorejissor, Xalq artisti Shuhrat Abbosovdir. Orangizda 
“Shum bola”, “Sen yetim emassan”, “Mahallada duv-duv gap” kabi 
kinofi lmlarni ko‘rmagan bolalar yo‘q bo‘lsa kerak. Ayniqsa, sho‘x 
va quv bola haqidagi “Shum bola” fi lmini.
11 yoshida yetim qolgan bolakay onasiga yordam berish 
uchun juda erta ishlashga majbur bo‘ladi. Yetimlik, ocharchilik va 
kambag‘allikni o‘z boshidan o‘tkazgani uchun ham ijodkorning fi lm-
lari samimiy, ishonarli. Barchasi tomoshabin qalbiga yetib boradi. 
Shuhrat Abbosov 13 yoshida ilk bor rol o‘ynaydi. Bu ijro shu 
qadar ishonchli chiqadiki, tomoshabinlardan biri jahli chiqib 
uning boshiga hassasi bilan uradi. Shuhratning boshi yaxshigina 
jarohatlanadi va qattiq og‘riydi. Balki, shu og‘riq o‘z egasiga o‘lmas 
asarlar yaratishda yordam bergandir. 
Bolalar! Taniqli kinorejissor bir necha xalqaro kinofestivallarning 
bosh mukofotlarini qo‘lga kiritgan, davlatimiz orden va medallari 
sohibi edi. Haqiqatan, ismiga munosib shon-shuhratga ega bo‘ldi. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin