312-mashq.
Ismlar ma’nosiga diqqat qiling. Berilgan ismlarning ma’no-
sini bilib oling.
Anvar – nurli yoki toleyi porloq; Akmal – yetuk, barkamol, kuchli;
Iroda – istab olingan, irodali qiz; Feruza – baxtli, iqboli baland, ko‘zlari
moviy rang qiz; Xurshida – baxti quyosh kabi porloq.
Shoir va yozuvchilar, ko‘pincha, o‘zlariga taxallus tanlashgan.
Masalan, Navoiy o‘z taxallusini “navo” – “kuy” so‘zidan, Bobur esa
“sher” so‘zidan olgan. Abdulhamid Cho‘lponning taxallusi “Cho‘lpon” –
“tong yulduzi ” degan ma’noni bildirsa, Abdurauf Fitratning adabiy
taxallusi “tug‘ma iste’dod” degan ma’no anglatgan.
Muso Toshmuhammad o‘g‘lining ham taxallusi o‘z tarixiga ega. Yosh
Musavoy kechalari tom boshiga chiqib, to‘lin oyga tikilar, go‘zalligiga
rom bo‘lar ekan. Shundanmi, o‘ziga Oybek degan taxallusni tanlagan
ekan. (
“G‘aroyib olam” kitobidan
)
313-mashq.
Erkin Vohidovning so‘zlariga diqqat qiling. Ismlarni qisqar-
tirib aytish to‘g‘rimi? Sinfdoshlaringiz ismi misolida savolga javob be ring.
So‘zni qisqartirishga juda ustamiz. Muhammad Rahim degan
ismni Mamaraim, bu ham uzun tuyulib, Maraim deymiz. Xorazmlik
esa Mirim deydi-qo‘yadi.
314-mashq.
Quyida berilgan qahramonlar qaysi asardan?
Roqiyabibi (Qora buvi), Fanorchi ota va Qosim battol, G‘iyosid din
Bahodir, yuz tup ko‘chat ekmoqchi bo‘lgan Po‘latjon.
315-mashq.
O‘z ismingizning ma’nosini va kim tomonidan qo‘yil-
ganini uch jumlada bayon qiling. Masalan:
Mohlaroyim – to‘lin oy
kabi go‘zal degani. Bu ismni buvim qo‘yganlar. O‘zimga ham, oila-
mizdagilarga ham ismim yoqadi.
316-mashq.
Uyga vazifa.
Dostları ilə paylaş: |