132
ONA TILI 5-sinf
89-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Ismingizning ma’nosini bilasizmi?
Ism, ot – bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladi-
gan nom. Odatda, chaqaloqqa ismni ota-onasi, qarindosh-urugʻ,
oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Ism tanlovchilarning orzu-is
-
tak lari, tasavvur va dunyoqarashlari milliy xususiyat bilan bogʻ-
langandir. Xullas, har bir ism biror sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining
tarixi, geografi k tarqalishi, hududi va mazmuniga ega.
Sog‘lom bo‘lsin deb
Salomat
, uzoq yashasin deb
Umr zoq
,
baxtli bo‘lsin deb
Baxtiniso
,
Baxtiyor
kabi ismlar qo‘yiladi. Oilaning
to‘ng‘ich farzandi
Muqaddam
, ikkinchisi
Soniya
, to‘rtinchisi
Robiya
yoki
Chori
, beshinchisi
Panji
deb atalgan. Juma kuni tug‘ilgan
chaqaloq
Jumaboy
,
Odina
deb atalgan va hokazo.
Ba’zan odamlar o‘rtasida o‘z ismidan norozilik hissini sezib
qolish mumkin. Bola ismini oʻzgartirish tartibi “O‘zbekiston Res-
publikasining Oila kodeksi”da belgilab berilgan (70-modda).
Unga koʻra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi
ota-onaning birgalikdagi arizasini ko‘rib chiqadi. Bola manfaatlari
eʼtiborga olinadi va u 16 yoshga to‘lguncha ismini o‘zgartirishga
haqli. 10 yoshga toʻlgan bolaning ismini oʻzgartirishga faqat uning
roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tilshunoslikda kishilar ismlarini oʻrganadigan alohida soha bor.
U
antroponimika
deb ataladi. (“
Ismlar ma’nosi
”
Dostları ilə paylaş: