157
ONA TILI 5-sinf
LUG‘ATSHUNOSLIK
110-dars. LUG‘AT VA UNING TURLARI
382-mashq.
Rasmlar asosida ko‘chalarda o‘rnatilgan peshlavhalar,
shiorlar, e’lonlarda xato yozilgan yozuvlarga misollar ayting. Ulardagi
xatoliklarni qaysi lug‘atga asoslanib tuzatamiz? Yoki ko‘chadagi yozuv-
larning barchasi to‘g‘ri yoziladimi?
383-mashq.
Quyida xato yozilgan so‘zlarni aniqlang. “Imlo lug‘ati”
asosida ularni to‘g‘rilab ko‘chiring.
Alangga, abadiiy, butkil, voqia,
ishtimoiy, qiziqgan, mikraskop,
momaqaldiroq, mumkun, muhum, nixoyat, ovinmoq, prizdent, so-
vol-jovob, naqorat, holol, xashorat.
Dostları ilə paylaş: