403-mashq.
Quyidagi so‘zlarni bilimingizga va imlo lug‘atiga tayanib,
to‘g‘rilab ko‘chiring.
Tasaruf, momala, istirob, ma’suliyat, ma’sud, mut
xish, hayol,
me’ros, tadbiq, ta’qiqlamoq, xatti xarakat, iftihor, sumbula, Istam-
bul, qorong‘u, kulgu, sajdagox, etibor, milion, mayishat, qirg‘ovil,
material, atel’e, dorihona, mahsustrans.
404-mashq.
Ushbu so‘zlarni ikki ustunga ajratib yozing. Birinchi
ustunga to‘g‘ri yozilganlarini, ikkinchi ustunga xato yozilganlarini ko‘chi-
ring. Xato yozilgan so‘zlar yoniga to‘g‘ri shaklini yozib qo‘ying.
Masalan:
To‘g‘ri
Xato
→
to‘g‘ri
Istehzo
Avg‘oniston→Afg‘oniston
Avg‘oniston, istehzo, avf, ta’magir, kafolat, taasuf, jig‘ibiyron,
axloq, kish-kishlamoq, sovuqmijoz, yukunmoq, inshoat, maslahat-
go‘y, kasbkor, entsiklopediya, shovullamoq, baynalminal, jango-
vor, naqarot, ochiqdanochiq, poyafzal.
405-mashq.
Lug‘atdan foydalanib, testni yeching.
Imloviy to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
a) asqatmoq, burg‘ilamoq, mubohasa;
b) asqotmoq, burg‘ilamoq, muboxasa;
c) asqatmoq, burg‘ulamoq, mubahasa;
d) asqotmoq, burg‘ilamoq, muboxasa.
Munosabat bildiring.
1. “Savodxonlik madaniyati” deganda nimani tushunasiz?
2. Qaysi so‘zlarni imlo lug‘atidan qarab yozib, keyin eslab qolgansiz?
Imlo
(
orfografi k
)
lug‘ati
da tilimizdagi so‘zlarning to‘g‘ri yozi-
lishi ko‘rsatiladi. So‘zlar alifbo tartibida beriladi. Yurtimizda imlo
lug‘atlari bir necha bor nashr etilgan. Eng oxirgisi 2013-yilda
chop etilgan imlo lug‘atidir. Unda 85000dan ortiq so‘zning yo-
zilishi qayd etilgan.
http://eduportal.uz
|