116-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Alisher Navoiyning Foniy
taxallusi bilan bitgan “Lison ut-tayr”
dostonida Qaqnus
timsoli bor.
“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da: “Qaqnus – afso-
naviy qush nomi”, deyilgan. Boshqa bir lug‘atda undan batafsilroq
ma’lumot berilgan: “Qaqnus – fors-tojikcha so‘z. U
mavhum bir
qush. Afsonaga ko‘ra, uning tumshug‘ida juda ko‘p teshiklari bo‘lib,
bu teshiklardan chiqqan ovozlardan go‘yo musiqa asbobi o‘ylab
chiqarilgan emish”.
Bu
afsonaviy qush olovda tug‘iladi, umrining so‘ngida ham
kuylab-kuylab olovda kuyadi. Uning kulidan yangi bir qaqnus bola-
si paydo bo‘ladi.
399-mashq. Adabiyot darsligingizda berilgan shoir va yozuvchilarning taxal lusini sharhlang. Jumladan, Navoiy, Bobur, Sa’diy, Oybek. Topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlar ma’nosini “ O‘zbek ti li - ning izohli lug‘ati ”dan topib, yozing. Munosabat bildiring.
Humo, Semurg‘ kabi afsonaviy qushlar haqida eshitganmisiz? Ular to‘g‘risida bilganlaringizni ayting. http://eduportal.uz
163
ONA TILI 5-sinf 400-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati ”dan foydalanib, valiahd, bo‘ g‘in, da’vat, da’vo, yo‘lamoq, yo‘llamoq so‘zlarining ma’nosini yo zing. 401-mashq. “Ming bir so‘zni bilaman ” izohli lug‘atida berilgan quyida- gi so‘zlarga to‘g‘ri keluvchi ma’nolarini mos lashtiring.