161
ONA TILI 5-sinf
115-dars. IZOHLI LUG‘AT (davomi)
Alisher Navoiy “Layli va Majnun”da so‘zni, demakki, tilni
aytgan bilan sovimaydigan tarona, olgan bilan tugamaydigan
xazina deb biladi:
Aytib
sovumas taronasan sen,
Olib qurimas xizonasan sen.
Chindan ham, til – aql kaliti. Tilning asosiy manbayi – so‘z. Bi-
roq so‘zlar odamlar, ya’ni shu til egalari va uni bilganlar ongidagina
mavjud.
Agar yozib olinmasa, bir joyga jamlanmasa, ma’nolari
izohlanmasa, uning ham bir
qismi bugun-erta unutilishi, yo‘qolib
ketishi hech gap emas. Shuning uchun ham qadim-qadimdan
olimlar lug‘at tuzib, so‘zlarni, ular anglatgan ma’nolarni kitobga
muhrlab qo‘yish tadorigi (tayyorgarligi)ni ko‘rgan.
(
Sultonmurod Olim
)
Dostları ilə paylaş: