167
ONA TILI 5-sinf
Masalan: 1. Ko‘proq ko‘chat o‘tqazish kerak. 2. Avtomashina-
lardan chiqayotgan zaharli tutunlarni fi ltrlash kerak. 3. Ozodalikka
rioya qilish kerak.
119-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
O‘rta Osiyo qanday qilib rivojlanish markaziga aylandi?
Ko‘pchilik ilm-ma’rifatni Markaziy Osiyoga arablar olib kel
gan
deb o‘ylaydi. Lekin ajdodlarimiz bu hududda islom diniga qadar
ham “o‘qish”, “yozish”ni deyarli bilardilar. Masalan, Samar qandda
arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan chog‘da bundan 2300 yillar av-
val xizmatkorlar tomonidan yozilgan yozishmalar topilgan.
Xitoy solnoma (tarixiy hujjat)larida yozilishicha, Samarqand-
da o‘g‘il bolalarni kelajakda savdogar bo‘lishlari uchun 5 yoshdan
o‘qishga o‘rgatishgan. Yigitlar 20 yoshgacha faqat o‘qish-yozish
bilan band bo‘lganlar. O‘ziga to‘q oilalar ilm-fan, san’at, madaniyat-
ni qo‘llab-quvvatlaganlar.
Tarixchi Bartoldning yozishicha, IX asrda O‘rta Osiyoda yirik
sulolaviy kutubxonalar bo‘lgan. Masjid-madrasalarda ham kutub-
xonalar mavjud edi. XI asrda Buxoroda – xon saroyida somoniy-
larning mashhur kutubxonasi barpo etilgan.
Hukmdor saroyidagi bu xazinada qadimgi yunon tabibi Gip-
pokratdan tortib Arastu va Afl otun asarlarining asl nusxalari, arab
tilidagi tarjimalari saqlangan. Buning ortidan ko‘plab olimlar yetishib
chiqishi Buxoro, Samarqand kabi shaharlarni ilm-fan va madaniyat
markaziga aylantirdi. (“
Yo‘qotilgan ma’rifat
”
kitobidan
)
Solnoma-yil-
noma,taqvim
Arastu,Pla-
ton,Gip-
pokrat-yunon
faylasufl ari
Dostları ilə paylaş: