Она тили 5 синф indd


-mashq.  Matnga quyidagi sarlavhalardan birini tanlang



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   190
5-sinf ona tili uzb

407-mashq.
 Matnga quyidagi sarlavhalardan birini tanlang:
1. Jahon tarixidagi burilishlar. 2. Viruslar – inqirozga vorislar. 
3. Inson ekologiyaga, tabiat esa inson hayotiga tahdid sol moqda. 
4. Inson va tabiat: qachon sulh tuzamiz?
408-mashq.
Matn asosida viruslar tarqalishiga sabab bo‘layotgan 
inson omillarini ko‘rsating.
1. Sinashta bo‘lmagan yovvoyi hayvonlarni iste’mol qilish.
2. O‘rmonlarni yo‘q qilib, yerlarni o‘zlashtirish.
3. Iqlim isishi natijasida tog‘ muzliklarining erishi.
a) 1. 2 b) 1. 2. 3
409-mashq.
 Nuqtalar o‘rniga zarur so‘zni qo‘yib ko‘chiring.
1. ………….. – yuqumli kasallikning bir necha mamlakat, qit’ada 
yoppasiga tarqalishi. 
a) epidemiya; b) pandemiya; c) azimut.
2. …………. – yuqumli kasalliklarning ma’lum hududda odat-
dagidan ko‘p tarqalishi.
a) epidemiya; b) pandemiya; c) ekologiya.
410-mashq. 
Quyidagi so‘zlarning imlosiga e’tibor qilib, daftaringiz-
ga ko‘chiring. O‘qituvchingiz yordamida ma’nolarini izohlashga harakat 
qiling.
Ortopediya, nevrologiya, multimedia, konsepsiya, strategiya, 
konstitutsiya, delegatsiya, biologiya, aksioner, advokatura, ope-
ratsiya, paleolit, prokuratura, servis (korxona), shpris, eksponat, 
elektropoyezd.
 411-mashq.
Uyga vazifa. Viruslar tarqalishining oldini olish uchun 
nimalar qilishimiz kerak?
Ushbu muammoni yechishga yordam be ring. 
Sizningcha, muammoni hal qilishning qanday yo‘llari bor? Kamida 3 ta 
tavsiya yozing.
 
Masalan: 1. Ko‘proq ko‘chat o‘tqazish kerak. 2. Avtomashina-
lardan chiqayotgan zaharli tutunlarni fi ltrlash kerak. 3. Ozodalikka 
rioya qilish kerak.
119-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin