51
ONA TILI 5-sinf
G‘urub yong‘ini qoplar,
Samo
yuzi anordek,
Bulutlar atlas kabi…
Ufqlar quchog‘iga
Sig‘magan buyuk dengiz
Chayqalar sekingina.
Suvlar
quyosh sochiga
O‘ralishib tinimsiz,
O‘par qirg‘oqni asta… (
Oybek
)
106-mashq.
Quyidagi gaplarda ajratilgan so‘zning talaffuziga e’tibor
bering. Ma’nosida qanday farq bo‘layotganiga diqqat qiling.
Biz
O‘zbekistonning kelajagimiz. (
Aynan biz
)
Biz
O‘zbekistonning
kelajagimiz. (
O‘zbekistonning, bosh-
qa yurtning emas
)
Biz O‘zbekistonning
kelajagimiz
. (
Buguni emas, kelaja gimiz
)
107-mashq.
Quyidagi qiziqarli topishmoqlarni o‘qing. Qaysi so‘z lar
ohangi boshqa so‘zlar ohangidan ajralib turibdi.
1. – Temir ko‘chada qolsa, zanglaydi, oltin ko‘chada qolsa,
nima bo‘ladi?
– O‘g‘irlanadi.
Munosabat bildiring.
1. “Chayqalar
”, “
o‘par
” kabi so‘zlarning misra boshida
kelishi she’rga qanday ohang bag‘ishlayapti?
2. She’rdagi o‘xshatishlarga e’tibor bering. Ularni alohi-
da tovush ohangi bilan o‘qidingizmi?
Gapdagi so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchli-
roq
talaffuz qilinishi
gap urg‘usi
hisoblanadi.
Lug‘at: g‘urub –
quyoshning botish payti
http://eduportal.uz
52
ONA TILI 5-sinf
2. – Olti kishi bitta soyabon ostida ho‘l bo‘lmay tura oladimi?
– Ha, yomg‘ir yog‘masa.
3. – Dengizlar nima uchun sho‘r?
– Baliqlar sasib qolmasligi uchun.
4. – Barcha alifbolar “
a
” harfi
bilan boshlanadi, ammo shunday
harfl ar jadvali borki, uning boshlanishi “
sh
”. Bu qaysi jadval?
– Ko‘z doktorining harfl ar jadvali.
5. – Dengizda qancha baliq bor?
– Qanchasi tutilmagan bo‘lsa, shuncha.
Dostları ilə paylaş: