ONA TILI 5-sinf Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi”, ya’ni mashhurlari
bo‘la di. Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan
davrlar mo
baynida ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib, o‘z
manzillariga eson-omon yetib olishlarida ko‘makchi bo‘lgan.
Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lga-
ni uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha,
kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi
o‘rni o‘zgarib turar ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan
hech qachon jilmaydi, doim osmonning shimoliy qismida ya-
raqlab turadi. Shunday o‘ziga xos xususiyati tufayli sayyohlar
Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlay
olishgan.
Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi. U Quyosh-
dan 120 marta katta bo‘lib, o‘n ming marta kuchliroq nur tara-
tadi. Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun “Yo‘lchi yulduz”
deb ham atashgan. Juda olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz
nurlari Yergacha 472 yilda yetib keladi.
(
“Jajji akademik” jurnalidan )
98-mashq. Matn asosida test topshiriqlarini yeching. 1. Yulduzlarni o‘rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni
qadimda qanday atashgan?
a) munaqqid;
b) mudarris;
c) folbin;
d) munajjim.
2. Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar
dunyoning 4 tomonini aniqlay olishgan?
a) eng yorqin yulduz bo‘lgani uchun;
b) odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun;
c) juda olisda bo‘lgani uchun;
d) joyi o‘zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun.
3. Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”i hisoblanadi, chunki u ...
a) adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi;
b) eng yorqin va go‘zal yulduz hisoblanadi;
http://eduportal.uz