ONA TILI 5-sinf 3-topshiriq. Qavs ichidagi harfl ardan mosini qo‘yib, matnni ko‘- chiring. Ezopning ushbu masali haqida fi kringizni bayon qiling. Qarg‘a va ko‘za Suvsagan qarg‘a chanqo(
q ,
g‘ )ini qondirmoqchi bo‘lib, suv
solingan ko‘za oldiga keldi-da, uni (
i, e )ngashtirmoqchi bo‘ldi,
lekin bunga kuchi yetmadi. Ammo far(
o, a )sati unga ish berib,
niyatiga yet(
t, d )i.
Qarg‘a bitta-bittadan tosh teri(
b, p ) kelib, ko‘zaga tashlay-
verdi. Natijada toshlar ko‘za tubiga cho‘kib, suv ko‘za og‘ziga-
cha ko‘tarildi, toshib yerga to‘kila boshladi. Ana shunda qarg‘a
chanqo(
g‘, q )ini qondirdi.
Demak, aql kuchdan ham qudratliroq ekan.
4-topshiriq. “Marraga yetguncha ” o‘yinini o‘tkazing. Bunda sinf 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh bir xil bo‘g‘in
bilan tugaydigan so‘zlar zanjiri hosil qiladi, qog‘ozga yozadi.
Masalan:
sado – nido – fi do – judo – ibtido – ado va hokazo.
5 daqiqada qaysi guruh ko‘proq qofi yadosh so‘z topsa, g‘olib
bo‘ladi. Namuna:
shalola, savol, qanoat. 5-topshiriq. Uyga vazifa. “Aql kuchdan qudratliroq ” degan mavzuda matn tuzing, fi kringizni maqol yoki hikmatli so‘zlar bilan asoslang. 27-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Topshiriq. Matnni o‘qing. Qutb yulduzi Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlar-
ning joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rga-
nib, ularning xaritasini chizib beradigan kishilarni esa munajjim
deb atashgan.
http://eduportal.uz