Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190
5-sinf ona tili uzb

ONA TILI 5-sinf
 
94-mashq.
 Matnda ajratilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib ko‘chi ring. Bo‘g‘inga 
ajratayotganda nimaga e’tibor berdingiz?
Masalan: 
za-mon-lar-da
 95-mashq. 
Ushbu hikmatlarni tinglang. Mazmuni yuqoridagi matnga 
mos kelmagan hikmatni ajratib, 
so‘zlarini bo‘g‘inga bo‘lib
 chiqing.
1. Yaxshilik qil – daryoga tashla: baliq bilar, baliq bilmasa, 
xoliq bilar. (
Maqol
)
2. Har yaxshilik sadaqadir. (
Hadisdan
)
3. Sog‘ yuray desang, ozoda yur. (
Maqol
)
4. Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan. (
Maqol

 96-mashq.
Matndan olingan so‘zlarning qaysilari xato yozilgan? 
Matnga tayanib to‘g‘rilang, barchasini bo‘g‘inga ajratib ko‘chiring.
Zomonlarda, saroyga, podishoh, karvonboshilar, kuzatip, ba-
davlat, sovdagarlari, ichkarga, solig‘, deqqon, sabzovot, harsang, 
itora boshladi, shoxdan, a’zoi badani, muvaffaq, amallab.
Munosabat bildiring.
1. Har qanday to‘siqni yengsa bo‘ladimi? Yoki gap 
to‘siqning hajmidami?
2. “Xohlagan imkoniyat qidiradi, xohlamagan – bahona” de-
gan maqolni sharhlab ko‘ring.
3. To‘siqlarga uchrab qolsangiz, nima qilasiz: yengib 
o‘tasizmi, aylanib o‘tasizmi? 
Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birik-
masiga 
bo‘g‘in
deyiladi.
Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘ladi. So‘zda nechta 
unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi: 
mak - tab - ga
. Bo‘g‘inlar 
ochiq va yopiq bo‘g‘inlarga bo‘linadi.
Unli bilan tugaydigan bo‘g‘in 
ochiq bo‘g‘in
, undosh bilan tu-
gaydigan bo‘g‘in 
yopiq bo‘g‘in
hisoblanadi. Masalan: 
U - mar 
so‘zida birinchi bo‘g‘in ochiq, ikkinchi bo‘g‘in yopiq hisobla-
nadi. 
http://eduportal.uz


45

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin