72
ONA TILI 5-sinf
Musiqa – go‘dakligimizdan qulog‘imizga ona allasi bilan
kirgan yoqimli ohang. Xalqimizda: “Musiqaga oshno bo‘lgan
odamdan yomonlik kutma”, degan naql bor. Qo‘shiqlar orqa li
onalarimiz bizga zavqlanish xususiyatini singdirganlar. Mohir
pedagoglar bu hissiyotni yanada kuchliroq tarbiyalaganlar.
Bolalar tengdoshlari bilan guruh bo‘lib kuylashni yoqtiradilar,
chunki bunday ijro istagi guruh ishtirokchilari o‘rtasida samimiy
munosabat yaratadi.
Musiqa so‘z bilan ifodalanmaydigan his-tuyg‘ularni insonga
singdiradi. Hayotni musiqasiz tasavvur qilish qiyin. (
“
Musiqa
darsligi”dan
)
155-mashq.
Quyidagi so‘zlarga egalik va kelishik qo‘shimchalari
qo‘shib, daftaringizga yozing. So‘z oxirida kelgan “
k
” harfl ariga diqqat
qiling. So‘zlar:
ishtirok, idrok, go‘dak, istak.
156-mashq.
Nuqtalar o‘rniga
g
yoki
k
harfl aridan mosini qo‘yib,
matnni ko‘chiring.
Dunyoda musiqiy uslublarning turlari ko‘p: zamonaviy mu-
siqa, an’anaviy musiqa, ommabop musiqa.
Ayrim musiqalar juda ommalashib ketgan. Ammo ...o‘pchilik
an’anaviy musiqani boshqa uslublardan ustun ko‘rsa kera… .
So‘z oxirida
g
(
jarangli
) va
k
(
jarangsiz
) undoshlari o‘rta-
sida gi farq yo‘qolib, har ikki undosh bir xil
k
holida talaffuz
qilinsa ham, yozuvda
g
va
k
harfl ari orqali yoziladi:
dialog
, ...
K
undoshi bilan tugagan asosga jo‘nalish kelishigi qo‘shim-
chasi qo‘shilsa, bu qo‘shimcha -
ka
tarzida aytiladi va shun-
day yoziladi. Masalan:
bilakka, tilakka kabi.
G
undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi
qo‘shimchasi qo‘shilsa, asos va qo‘shimcha qanday aytilishi-
dan qat’i nazar, o‘zgarmaydi. Masalan:
bargga, pedagogga
.
Dostları ilə paylaş: