92
ONA TILI 5-sinf
2. Aynan bir poytaxtning ichida boshqa bir davlat joylashgan.
Bu qaysi shahar va davlat?
3. Qadimgi Yunonistonda bu so‘z “papka ko‘targan kishi” degan
ma’noni bildirgan. Bizda esa bu so‘z – bir kasb egasi. U qaysi kasb?
4. Amir Temur: “Jang paytida ularning o‘rni beqiyos,
yuzta mohir
jangchi ularning o‘rnini bosolmaydi”, – degan. Ular kimlar?
Javoblar:
a) tabiblar; b)
buxgalter; c) Rim, Vatikan; d) Budapesht.
205-mashq.
Uyga vazifa.
Tarix va geografi ya faniga oid 4 ta qiziqarli
mantiqiy savol topib, daftaringizga yozib keling.
54-dars.
Sh, sh
VA
Ch, ch
HARFLAR BIRIKMASI
VA ULARNING VAZIFALARI
Toshkent
To…kent – O‘zbekistondagi
eng chi-
royli va qadimiy …ahar. U o‘tmi…da
Sho…, Cho… nomlari bilan atalgan.
Tarixi ko‘hna bu shahar navqiron
-
la…ib, kengayib bormoqda. Ko‘plab
yangi-yangi qurili…lar shahar …iroyiga
…iroy qo‘…moqda.
…et ellardan, dengizorti yurtlaridan
sayyohlar tinimsiz mehmon bo‘lmoq da -
lar. Poytaxt noz-ne’matlari,
mehmon-
do‘stligi haqida iliq fi krlar bildiri…moqda.
Topshiriq.
Nuqtalar o‘rniga kerakli tovushlarni qo‘yib matnni
o‘qing.
Munosabat bildiring.
1. Toshkent o‘zining yana qaysi jihatlari bilan sayyohlarni o‘ziga rom
etmoqda deb o‘ylaysiz?
2. Shahardagi ulkan o‘zgarishlar haqida fi kr bildiring.
http://eduportal.uz