ONA TILI 5-sinf
212-mashq.
Avval ng
undoshi ishtirok etgan so‘zlarni, keyin alohida
n va g
tovushlari yonma-yon kelgan so‘zlarni ko‘chiring.
Menga, ingramoq, kenglik, tanga (pul), mingashmoq, ingichka,
yangi, tonggi (shabada), (bahor) tongi, sening, tungi, dangasa,
jonga, singil.
213-mashq.
Qavs ichidagi harf yoki harf birikmalaridan mosini
qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiring.
Ko‘la (ng, n)ka, to‘(n, ng)ka, jara(n, ng)lamoq, ta (n, ng)gens,
qo‘(ng, n)g‘iz, cha(ng, n), yo(ng, n)g‘oq, ko(ng, n)gress, ko‘rdi (n,
ng)mi, te(n, ng)siz.
214-mashq.
Uyga vazifa.
“Do‘stlikni qadrla
” mavzusida matn tu-
zing. Unda harfl ar birikmalaridan foydalaning.
56-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Qishloq. Yoz. Jazirama. Qoq tush mahali baqaterak ostidan zaif
bir “puf ” yelib o‘tadi. U – shu makonning epkini. Terak barglarini
bir chayqatadi-yu, ariq bo‘yiga o‘zini tashlaydi. Yana birini suv
shabadasi deydilar. Qayrag‘ochdan uzoqqa ketolmay, kambar
barglar orasida aylanib esadiganiyam bor. Quvvati kuchliroq
bo‘lgani sababli sal beriroqqa kelib, issiqda qimir etmay turgan
jo‘xorilarni chayqatib o‘ynaydi.
Ba’zilari yo‘llarda sho‘xlik qilishadi. Qumoq yo‘ldan ketavering-
chi. Yo‘l o‘rtasida yo chetida mitti girdob yasab, chang ko‘tarib,
tuproq bilan qasdlashib pirillayotgan quyunchani ko‘rib qolasiz.
Yana bir turli shabada tong-u shomda bedazorlar tomondan
esadi. Saharlab o‘sha yoqqa ketib, oqshom iziga qaytsa kerak.
Olislardan keladigan qudratli shamol esa tevarakni kulrangga
o‘zgartirib yuboradi. (
Isajon Sulton. “Genetik” romanidan
)
Topshiriq.
Dostları ilə paylaş: |