g‘ir yog‘ishi, bahor kelishi paytlarini kuzatganmisiz? Qanday
taassurot olgansiz?
http://eduportal.uz
97
ONA TILI 5-sinf
219-mashq.
Gaplardagi qo‘sh undoshli so‘zlarni ikki guruhga ajratib
ko‘chiring. Birinchi guruhga qo‘sh undoshlarning biri talaffuz etiladigan
so‘zlarni, ikkinchisiga qo‘sh undoshlarning ikkalasi ham aniq talaffuz
qilinadigan so‘zlarni yozing.
1. Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop-
qorong‘i.
(X. To‘xtaboyev)
2. Shu chog‘ artilleriya qismlari og‘ir
to‘plar bilan ota boshladi.
(Oybek)
3. Suvi mo‘l-ko‘l bog‘larda yayrar
ekansan, bulbul. Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko‘ri-
narkansan arang.
(Abdurahmon Akbar)
220-mashq.
Qo‘sh undoshli so‘zlarning izohiga e’tibor be ring.
Jadvaldagi so‘zlarning qo‘sh undoshidan birini tushirib yozing va
ma’nosini izohlang. Masalan:
ushshoq – ushoq (non urvog‘i).
ushshoq
yalla
tilla
chinni
silla
qattiq
oshiqlar
ashula
qimmatbaho metall
oq loydan yasalgan idish
mador
mustahkam
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so‘zlar
qo‘sh undoshli
so‘zlar
dir.
Ba’zi so‘zlarda qo‘sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shun-
day yoziladi:
quvvat, chaqqon.
Ayrim chet tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘sh undoshlar bir undosh-
dek talaffuz etiladi, lekin qo‘sh undosh bilan yoziladi:
million, komis-
siya, artilleriya.
Gramm, metall, kongress
kabi so‘zlar oxirida kelgan qo‘sh undosh-
lardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifoda-
lanadi. Bunday undosh bilan tugagan so‘zlarga shunday tovush bi-
lan boshlanadigan qo‘shimchalar qo‘shilganda, qo‘sh undoshning biri
yozilmaydi:
metall
+-
lar
→
metallar
.
7 – Ona tili – 5 sinf
http://eduportal.uz
|