Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190
5-sinf ona tili uzb

ONA TILI 5-sinf
 
221-mashq.
Uyga vazifa
. Darsdan olgan taassurotlaringiz asosida 

Zavodda

nomli matn yarating. Matn da qo‘sh undoshli so‘zlardan 
foydalaning. Tav siya etiladigan so‘zlar: 
zavod, muruvvat, kilogramm, 
po‘lat quyuvchi, mehnat, zavq, harorat, zarra, issiq
60-dars. QATOR UNDOSHLAR 
TALAFFUZI VA IMLOSI
222-mashq.
 So‘zlarni ko‘chiring. Tarkibida ikki xil undosh yonma-yon 
kelgan so‘zlarning tagiga chizing. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Himmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do‘stlik, g‘isht, tabassum, 
farzand, foyda, qirq, to‘xtamoq, o‘rtoq, transport, ilhom, ko‘rk, 
mashina, stul, ulkan, aql, daraxt.
223-mashq.
 
Mehr, sabr, sayr, ilm 
so‘zlari talaffuzi va yozilishini tahlil 
qiling. Shunday so‘zlar qatorini kengaytiring.
224-mashq.
 
Matndan qo‘sh va qator undoshli so‘zlarni topib, tagiga 
chizing.
Bir kuni oramizga yangi mehmon – Halima degan qizcha qo‘shil-
di. Uning qishlog‘imizga kelganini hammadan avval men bildim. 
Kechqurun oyim dadam bilan dardlashib o‘tirib, aytib qo‘ydi.
Hakim brigadir bultur urushdan kelgan. Qizi Halimani shahardan 
olib kelibdi. Qizchasi chaqqongina, zukko ekan. Men Halima bilan 
tezda do‘st bo‘lib oldim. (
O‘.Hoshimov
)
225-mashq.
 
Maqollarni ko‘chiring. Qo‘sh va qator undoshli so‘zlar-
ning tagiga chizing.
Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar 
qator 
undoshli so‘zlardir

Qator undosh bilan tugagan ba’zi so‘zlar talaffuzida oxirgi 
undosh deyarli aytilmasa-da, yoziladi: 
go‘sht, do‘st, xursand, 
barg, monand…
So‘z boshida qator undoshning kelishi faqat o‘zlashma 
(boshqa tildan kirgan) so‘zlarga tegishli: 
stol, broker, bloger… 
http://eduportal.uz


99

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin