Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
111-topshiriq. 1.Gaplarni o‘qing. Ko‘z o‘ngingizda nimalar gavdalanganligini bayon qiling.
1.− Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o‘tib ketadi-ya!
− Qarilik ham! (“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so`zlar”)
2.Harakat qilmoq! Harakat qilmoq! Biz shuning uchun mavjudmiz. (I.Fixte)
3.Sayl. Hammayoq odamlarga to`lib, g`ala-g`ovur, o`yin-kulgi boshlanib ketdi. (Mirmuhsin)
4.Tun. Hammaga qo`rquv solib turuvchi Ixtiyoriddin qal’asi. Baland va xo`mraygan sovuq bu binoda chiroq yo`q, faqat darvozalari, qalin devorlari ustida mash’ala ko`tarib yurgan posbonlargina bor. (Mirmuhsin)
5.Cheksiz dasht, yassi tepaliklar… Me’morning mag`rib tomonda, tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o`rog`iga ko`zi tushdi. (Mirmuhsin)
6. Shavvol, ya’ni saraton avjga mingan, havoning nihoyatda qizigan bir kini. Tаllimarjondan chiqqan uch arava Dasht karvonsaroyida andak to`xtadi. (Mirmuhsin)
Dostları ilə paylaş: |