Bilib oling.
Atov gap – so‘zlovchi ko‘z o‘ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni gavdalantirishga, xotira yoki xayolida ular bilan aloqador voqea-hodisani tiklashga xizmat qiluvchi vosita.
Atov gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham, aniqlovchi bilan kengayib kelishi ham mumkin: 1. Bahor. 2. Erta bahor.
112-mashq. Qatorning kesimga bog‘liq umumiy xususiyatini aniqlab, “ortiqcha” uchinchi gaplarni toping.
I. 1.Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hirirud daryosi va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov) 2. Ilk bahor kunlarida Humoyun Hindikush tog‘ining janubiy etaklariga yuzdan ortiq chodir tiktirdi. Ularning o‘rtasiga ko‘krakdor bir joyga ulkan saroparda o‘rnatildi. (P.Qodirov) 3.To’qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. (O`.Hoshimov)
II. 1.Erta bahor edi. Dam olish kuni edi. Kech turdim. 2.Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof. 3. Bola edim… Kuz edi… so`rida dars qilib yotibman. (O`.Hoshimov)
III. 1.Erta bahor. Kunlar ilib qolgan, ammo yerdan hali qishning zahri ketmagan. (O`.Hoshimov) 2. Dam olish kunlaridan biri. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. 3. Erta tong edi. Endigina ko‘tarilgan oftobning iliq nurlari derazalarga tushib, uylarni yorita boshlagan edi.
Dostları ilə paylaş: |