«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə431/431
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#46231
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   431
8-sinf-ona-tili-konspekti

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

III. Yangi mavzu

188-mashq. Berilgan gaplardagi uyushiq bo`laklarning tinish belgilarini qo`yib ko`chiring.

1. Borlik yo‘qlikni mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi. 2. Inson ilk bor dunyo yuzini ko‘rganda nozik va zaif o‘limi oldidan esa sabotli va kuchlidir. Barcha tirik mavjudot va o‘simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik va zaif o‘lim lahzalarida esa quruq va chirkindir. (Lao Szi) 3. Marvarid donalarining o‘rtasida bir tosh bo‘lib, unga: “Jasorat umidsizlik shodlik”, degan so‘zlar bitilgandi. (Budda) 4. Borliq mushtarak uzluksiz yaxlit bo‘linmas va bir jinsli voqelikdir. (Parmenid) 5. O’simliklar tirik mavjudotlardir. Ular ham his qiladilar g‘am chekadilar quvonadilar. Bu tuyg‘ular ularning yaproqlarida zohir bo‘ladi. Shuningdek, o‘simliklar aql va bilimga ham egadirlar. (Anaksagor)



189-mashq. Ajratilgan bo`lakli gaplarni aniqlang. Ularni mos ohang bilan o`qishni mashq qiling hamda tinish belgilarini qo`yib ko`chiring.

1. Ahmad Tanbal bugun Axsida shoh saroyida. 2. Men faqat o‘zim chizgan suratga o‘z ijodimga mehr qo‘yganmen xolos! Boshim omon bo‘lsa, bunday suratni yana chizgaymen! 3. Mirzoning birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini Qutlug‘ Nigor xonim, o‘n sakkiz yoshlik qizi Xonzoda begim va o‘n yashar o‘g‘li Jahongir mirzo hammalari o‘sha tanobiy uyga yig‘ilgan edilar. 4. Xonimning xayoli shu xatarli vaziyatda ota-onadan uzoqda Andijonda turgan yolg‘iz o‘g‘li Boburda edi. Hazrat uni nega farzandlari qatori tilga olmadi? 5. Orqadagi mulozimlardan ikkitasi rikobdor bilan jilovdor tez otdan tushdilar. (P.Qodirov)



Savol va topshiriqlar

1. Navoiy nega o`z she’rlarini begona xattotga ko`chirishga berdi?

2. Xattot qanday yo`l tutdi?

3. Xattot qaysi so`zni o`zgartirdi?

4. Nega so`zni osongina o`zgartira oldi?

5. Navoiy aytgan so`zning zohiriy va botiniy ma’nosini qanday sharhlaysiz?


Uyga vazifa

190-mashq. She’riy misralardagi ajratilgan bo`lakli gaplarni mos ohang bilan o`qishni mashq qiling hamda tinish belgilarini qo`yib ko`chiring.

1. Butoqlarga qo‘nib gul kitobini Varaqlashga tushdi bulbul g‘azalxon... 2. Samum yalab o‘tar yalang to‘shini Bunda yolg‘iz giyoh sho‘ra-yu yantoq. 3. She’r yozar chog‘idagidek yoningiz Bunda dasturxoningiz dostoningiz




VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: _______________
Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin