ga shon-sharaf nasib bo’lmaydi. (L.Vovenarg)
Bilib oling.
Gapning fe’l bilan ifodalangan biror bo‘lagiga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan,kimni? nimani? qayerni? kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida?kim bilan? nima bilan? kabi so`roqlarga javob bo`luvchi ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
ot: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi;
olmosh: Mayli-da, kimgadir Yoqsa, yoqmasa, Ularga qo`shilib Yig`lasharmidik. (M.Yusuf)
harakat nomi: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
Otlashganda:
sifat: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas;
son: Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi;
sifatdosh: Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi;
taqlid so’z: Taqir-tuquringni yig’ishtir;
undov so’z: Ohimni eshitmadi;
modal so’z: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi.
To’ldiruvchi birikma holida bo‘lishi mumkin: Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko’rardim.
Erkin birikma bilan ifodalangan to‘ldiruvchi murakkab to‘ldiruvchi sanaladi.
To‘ldiruvchi gap mazmunini to‘ldirish, oydinlashtirish vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |