174-topshiriq. Uyushgan va uyushmagan aniqlovchilarni ajrating.
1. O‘zim ko‘rmadim, − dedi Oftob oyim, − ammo ko‘rguchilarning so‘zlariga qarag‘anda o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish... 2. Rayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish olabayroq to‘nlik kishi Hasanalini ko‘rishi hamono: − Ha-a-a, bizning Hasanali-ku! − dedi, − kel, Hasan ko‘rishaylik, Otabek esonmi? 3. O‘tkir, qonsirag‘an xanjarini beliga osib, oyboltasini ko‘targan jallod qushbegining hukmiga muntazir edi. 4. Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlarini ochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi. 5. Xotin o‘ltirmakchi bo‘lg‘an edi paranji ichidan uning atlas ko‘ylaklari va nafis oq qo‘llari ko‘rinib ketdi. 6. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir o‘yinchi, ashulachi, husndor bir mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilan yer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong‘, shuhrat chiqarmoqchi!
Dostları ilə paylaş: |