1. Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik va mag‘rurlanishda. (“Sharq haqni topdi”) 2. Har narsada uch asosga: haqiqiy, halol va nafli narsalarga e’tibor berish kerak. (J.Marmontel) 3. Ish bizni uch xil illatdan: zerikish, qusur, muhtojlikdan xalos etadi. (F.Volter) 4. Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar: aqliy va jismoniy mehnat kishisi qo‘lidadir. (V.Gyugo) 5. Insonni butun borliq: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo, eng avvalo, va, aksar hollarda, odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar. (Makarenko) 6. Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go‘zal bo‘lishi lozim. (A.Chexov) Bilib oling.
Gapda uyushiq bo`laklarni jamlovchi, umumlashtiruvchi so`z bo`lishi mumkin. Ko`pincha, bеlgilash, bo`lishsizlik olmoshi va jamlovchi ot, jamlovchi son, shuningdеk, so`z birikmasi, kеngaygan birikma umumlashtiruvchi so`z bo`lib kеladi: Uylar, daraxtlar, ko`chalar – hammasi qorong`ulik qa’riga cho`mdi. Ishga yangi qabul qilinganlar: Ahmad, Salim va Akbar boshliqning oldiga kirishsin. Umumlashtiruvchi so`z bilan uyushiq bo`lak bir xil sintaktik vazifani bajaradi.
Umumlashtiruvchi bo`lak uyushiq bo`lakdan oldin kеlsa, undan kеyin ikki nuqta qo`yiladi: Qudratning oldidan ikki o`rtoq: Ilhom va Rustam chiqib kеldi. Umumlashtiruvchi bo`lak uyushiq bo`lakdan kеyin kеlsa, undan oldin tirе qo`yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so`ri – hammasi – mеniki.
|