Bilib oling. Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o’quvchi o’z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bu insho turining adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda.
44-mashq.Guruhlarga bo’linib ,biror bir badiiy asar bo’yicha insho mavzulari tuzing.Shulardan bitta mavzuning mufassal rejasinis hakllantiring
46-mashq. Quyida adabiy va adabiy-ijodiy insholarning mavzulari aralash holda berilgan. Ularni ajratib yozing.
1. «Alpomish» dostonida qahramonlik tasviri. 2. A. Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi. 3. Men sevgan adib. 4. H. Olimjon — lirik shoir. 5. «Sen yetim emassan» she’ridan olgan taassurotlarim. 6. A. Qahhor — kichik hikoyalar ustasi. 7. «Mehrobdan chayon» romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi. 8. Zulfiya — men sevgan shoira.
Yuqoridagi mavzulardan birini tanlab, murakkab reja tuzing.
Dostları ilə paylaş: |