«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə126/431
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#46231
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431
8-sinf-ona-tili-konspekti

III. Yangi mavzu

32-topshiriq. Matnni o’qing.

KO’RNING JAVOBI

Sayyor ismli ko’rarablar orasida eng mashhur ekan.Bir kuni ko’chada unga tegishib:

-Hoy,Sayyor,Xudodan tili,ko’zing evaziga biror nima bersin,-debdi.

-So’radim-berdi,debdi,-debdi ko’r

-Nima berdi?

-Senga o’xshagn ahmoqlarning basharasini ko’rmaslikni!


33-topshiriq.Matndagi gaplarni uch guruhga ajrating.

  1. xabar anglatuvchi gaplar

  2. so’roq anglatuvchi gaplar

  3. buyurish ,undashni anglatuvchi gaplar

34-mashq.Berilganjadval mazmuninimatnda ifodalang va qoidanieslab qoling.



Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Darak gap

So’roq gap

Buyruq gap

Istak gap

















Bilib oling. Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So’zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o’ziga noma’lum bo’lgan narsa va voqea-hodisalar to’g’risida ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo’yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlarga ko’ra turlicha quriladi: o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo’lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.

Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar: 1) darak gaplar, 2) so’roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplarga bo’linadi.

Darak, so’roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq, sodda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin