Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
66-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kesimlarini aniqlab, ikki guruhga ajrating:
1) bir so‘z bilan ifodalangan kesimlar;
2) birdan ortiq so‘zdan iborat kesimlar.
1.Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi. (Vladislav Gjechik) 2.Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar. (Maqol) 3. Rostlik – do`stlik, Yolg`onchilik – ko`rgulik. (Maqol) 4.Yolg`on ko`pincha ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. (Andre Morua) 5. Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmoq, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) 6.Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. (O`.Hoshimov)Bilib oling.
Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Rost gapir. (O`.Hoshimov). Haqiqat achchiq.
Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1.O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2.Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo`ldug`i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo`lur. (A.Avloniy) 3.To‘y – bahor kelganda. 4.Hamma gap – mening yo‘qligimda.
Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.lar) ham murakkab kesimni shakllantiradi
Dostları ilə paylaş: |