«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə97/431
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#46231
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   431
8-sinf-ona-tili-konspekti

So’z birikmasi — tilning birligi.

3- topshiriq. Har bir gapda nechtadan so’z borligini aniqlang.

1. Tebranib yonayotgan sham zo’r mo’jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. (A.Q.) 2. Otni tepmaydi dema, itni qopmaydi dema.



(Maqol) 3. Anvar do’stining gap boshlaganidan quvonib ketdi. (O’.H.) 4. Jannat xola shoshib yo’lakka yugurdi. (S.A.)

So’z — tilning birligi.

5- topshiriq. Mening mushugim, piyozni archadi, chelakka quydik, stulda o’tiribdi birikmalaridagi so’zlar nimalar vositasida bog’langan?



So’z birikmasi

Qo’shimchalar

Mening mushugim

-ning, -im

Namuna: Qo’shimcha — tilning birligi.

Bilib oling. So’zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o’zaro birikuvidan so’z birikmalari va gaplar hosil bo’ladi. So’z birikmalari va gaplar o’z qurilishi va ifoda mazmuniga ko’ra farqlanadi.

So’z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o’rganuvchi til bo’limi sintaksis deyiladi.

Sintaksis so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o’rganganligi uchun unda:1) so’z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi kabi bo’limlar mavjuddir.

Gap og’zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari bilan ifoda etiladi. tinish belgilari qo’llanishi haqidagi qoidalar yig’indisi punktuatsiya deyiladi.

Har qanday til o’zining nutq tovushlari, so’zlari (iboralari) va qo’shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksisda, ya’ni gap qurilishida namoyon qiladi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin