Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo’ljallangan, Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi.
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savoljavob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish mctodi sifatida qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olrnasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksiksemantik va grammatik/nashqlarni tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1smfdan boshiab foydalanish mumkin. Bu metod ,,Tovush va harf’ mavzusini o’rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, ,,So’z ma’nosi», ,,Nutq va gap» mavzularini o’rganishda ham qo’llanadi. Masalan, ,,So’z ma’nosi» mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi.
So’dar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o’qidi, yashil, binokor, o’nta, o’qituvchi, sakkiz.
O’quvchilar bilan quyidagicha savoljavob tashkil qilinadi: So’zlarni o’qing. — Birinchi so’z nimani bildiryapti? Narsanimi, Shaxsnimi?
— Bu so’zga qanday so’roq beramiz?
— Ikkinchi so’z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
— Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
— Qaysi so’zlar sanoqni bildiryapti?
— Bu so’zlarga qaysi so’roqni beramiz?
— Qaysi so’zlar rangni bildiryapti?
— Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?