Ona tili darslarida didaktik o'yinlarni tashkil etish vao'rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism I bob didaktik o‘yinlar



Yüklə 156,5 Kb.
səhifə2/14
tarix05.12.2023
ölçüsü156,5 Kb.
#173442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O\'YINLARNI TASHKIL ETISH VAO\'RGATISH METODIKASI

Kurs ishining maqsadi: Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi.
Kurs ishining vazifasi: Ona tili dars jarayonida bu kabi didaktik o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Darsning samaradorligini yanada oshiradi. Faqatgina o’qituvchi didaktik o’yinlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanishi lozim. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
Kurs ishining metadologik asoslari: Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish mctodi sifatida qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi.
I Bob Didaktik o‘yinlar 1.1 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.
Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi.
Ona tili darslarida qo’llaniladigan “So’zdan marjon tizing” didaktik o’yini bilan tanishamiz. Bu o’yinda o’qituvchi o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plamini tavsiya etadi va uyadosh so’zlarni alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. O’quvchilar yozishadi va navbat bilan o’qishadi. Qaysi o’quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o’yin g’olibi bo’ladi. [1]
So’z turkumlarini o’rganishga oid:
Ot so’z turkumiga oid so’zlar: olma, ot, daraxt, gul, mushuk, lola, in
Son so’z turkumiga oid so’zlar: 5 ta, uchala, oltinchi, o’nta
Fe’l so’z turkumiga oid so’zlar: yozdi, kesdi, dedi, o’qidi, bordi.
Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: yashil, shirin, katta, qora, baland.
So’z turkumlarining so’roqlarini o’rganishga oid:
Ot so’z turkumi so’roqlari: Kim? Nima? Kimlar? Nimalar?
Son so’z turkumining so’roqlari: Nechta? Qancha? Nechanchi?
Fe’l so’z turkumining so’roqlari: Nima qildi? Nima qilyapti?
Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: Qanday? Qanaqa?
Keyingi bo’g’inni top” didaktik o’yini.
Ushbu didaktik o’yinni o’quvchilar guruhi yoki yakka o’quvchilar bilan o’tkazish mumkin. O’qituvchi tomonidan bosh bo’g’in beriladi, shu bo’g’in asosida yangi so’zlar topiladi. Kim tez va ko’p so’z topsa, o’sha guruh yoki o’quvchi g’olib sanaladi. Ushbu didaktik o’yinni klaster usulida ham tasvirlash mumkin:

Ona tili dars jarayonida bu kabi didaktik o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Darsning samaradorligini yanada oshiradi. Faqatgina o’qituvchi didaktik o’yinlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanishi lozim. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirishbayon metodi, suhbat metodi, analizsintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib kelindi.

Yüklə 156,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin