Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri


Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari masalasini O’zbekistondagi holati



Yüklə 396 Kb.
səhifə5/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

2. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari masalasini O’zbekistondagi holati
Yosh avlodni voyaga yetkazishga Markaziy Osiyo mutafakkirlari katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy‚ Abu Rayhon Beruniy‚ Abu Ali ibn Sino‚ Yusuf Xos Xojib‚ Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar‚ Abdulla Avloniy‚ Fitrat‚ Mahmudxo’ja Behbudiy kabi ma’rifatparvarlarning asarlarida ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish masalalari alohida ta’kidlangan. Bu yo’nalishda pedagogika‚ psixologiya‚ adabiyot‚ ona tili metodikasi kabi fanlar sohasidagi olimlar bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarganlar. S.R.Radjabov, R.A.Mavlonova‚ K.M.Xalikberdiev, P.I.Ivanov, E.G’oziev, A.Mahmudov ‚ O.To’raeva‚ K.Qosimova‚ Q.Abdullaeva, F.Ismoilov kabi olimlar ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantirish va bola shaxsini xar tomonlama shakllantirish muammolarini ilmiy - nazariy jihatdan ishlab chiqqanlar6.
Pedagogika nazariyasini takomillashtirishga hissa qo’shgan olimlardan M.Ochilov‚ H.Ibragimov‚ M.Inomova‚ S.Nishonova‚ M.Quronov‚ U.Mahkamov‚ G.Anartaevalarning ilmiy tadqiqot ishlarida uzluksiz ta’lim tizimida‚ oilada bolani rivojlantirishning u yoki bu mummolari yoritilgan.
Boshlang’ich ta’lim muammolarini yechish‚ uni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish doimo dolzarb bo’lib kelgan. Shuning uchun ham Q.Abdullaeva‚ B.Adizov‚ R.Mavlonova‚ M.Haydarov‚ T.Hasanov‚ O.Xasanboeva kabilarning ilmiy asarlarida boshlang’ich ta’lim mazmuni‚ kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash‚ nutqini rivojlantirish , o’qish va yozishga o’rgatish kabilar nazariy jihatdan yoritilgan. X.Bobomirzaev‚ U.Rajabovlarning dissertatsiyalarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini xalq og’zaki ijodini o’rganish asosida tarbiyalash va nutqini rivojlantirish muammolari pedagogik jihatdan ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’qish malakalarini shakllantirish, ularni savodli bo’lishini ta’minlash, insoniy fazilatlarini takomillashtirish, yuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga g’amho’rlik qilish haqidagi bilim‚ ko’nikma va malakalarni shakllantirish ishlari –ona tili, o’qish, nutq o’stirish darslarining asosiy vazifasini tashkil etadi. Adabiyotlarni o’rganish , taxlil etishdan shu narsa ma’lum bo’ldiki‚ o’qish darslarida kichik maktab yoshidagi o’quvchi ko’rgazmali-obrazli tafakkurini shakllantirish‚ ularni barkamol tarbiyalash ishlari yetarlicha hal etilmagani muammo bo’lib kelmoqda.
O’zbekistonda aloxida yordamga muxtoj bolalar va ularning ta’lim-tarbiyasining ayrim tomonlari ustida olimlardan S.SH.Aytmetova, SH.Amirsaidova, M.Yu.Ayupova, D.A.Gordienko, N.SH.Bekmuradov, G.Berdiev, N.Dadaxodjaeva, F.Kadirova, S.G.Kim, K.K.Mamedov, L.R.Muminova, D.A.Nurkeldieva, L.SH.Nurmuxammedova, X.M.Pulatova, P.M.Po’latova, I.G.Radisheva, V.S.Raxmanova, N.R.Raxmanqulova, N.V.Sosedova, G.A.Sodikova, A.I.Sagatov, , M.F.Xakimova, M.P.Xamidova, U.Yu.Fayzieva, Chicherina Ya.E., G’.B.SHoumarov va boshqa ko’pgina olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan. A.I. Sagatov, V.S. Raxmanova, N.V. Sosedova, G.A. Sodikova, P.M. Po’latovalar o’z ilmiy izlanishlarida aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini turli vaziyatlarda o’rganib, yoritib berganlar6.
D.A. Gordienko o’zining ilmiy izlanishlarida aqli zaif o’quvchilarni yozma nutqqa o’rgatishning ilmiy pedagogik asoslarini taxlil qilib, ularda idrok jaryonlarining rivojlanishi xususiyatlari, katta maktab yoshidagi aqli zaif bolalarning bog’langan yozma nutqini takomillashtirishning samarali yo’llari va usullarini yoritib, izoxlab bergan.
V. S. Raxmanova yordamchi maktablarda aqli zaif bolalarni savodga o’rgatish masalasi bo’yicha ilmiy izlanish olib borib, ularning psixik faoliyatining o’ziga xosligi va o’zbek tilining xususiyatlarini e’tiborga olmay turib, yordamchi maktab o’quvchilarida o’qish hamda yozish malakalarini shakllantirish qiyinligi va uning didaktik talablarga javob bermasligini ko’rsatib berdi. O’zining izlanishida V.S. Raxmanova o’zbek tili fonetikasi, grafikasi va aqli zaif bolalarning psixofiziologik xususiyatlarini e’tiborga olib, ularda dastlabki yozuv va o’qish malakalarini shakllantirish uchun korrektsion mashqlar tizimini ishlab chiqqan.
Aqli zaif o’smirlarda irodaviy sifatlardan hisoblanmish chidamlilikni shakllantirishga qaratilgan ilmiy izlanishda G.A. Sodiqova 11-14 yoshdagi O’zbekistonda yashovchi aqli zaif bolalar o’zlarining jismoniy rivojlanishi, chidamliligi va jismoniy ishchanlik qobiliyati bo’yicha me’yorida rivojlanayotgan tengdoshlaridan orqada qolishlarini ko’rsatib berdi. Tadqiqot materiallari aqli zaif bolalarda umumiy, dinamik va turg’un chidamlilikni tarkib toptirish bo’yicha korrektsion ishlarning omilkorligini maxsus jismoniy mashqlar vositasida oshirish mumkinligini ko’rsatdi. Chidamlilikni shakllantirish aqli zaif o’smirlarda ijobiy shaxs xususiyatlarini tarkib toptirishga va bilish faoliyatini korrektsiyalashga yordam beradi.
P.M. Po’latova o’zining ilmiy izlanishida aqli zaif o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning mustaqil faoliyatlarining imkoniyatlari, qiziqishlarini e’tiborga olgan holda sinfdan tashqari o’qish darslari uchun gazeta materiallarini saralash mezonlarini asoslab, ularning mavzu doirasi, janrlari, tuzilishi va tavsiya etiladigan matnlarning mazmunini ko’rsatib bergan. Izlanishda gazeta materiallari bilan tanishish aqli zaif o’quvchilarning umumiy rivojlanishi darajasini oshirishga, bilish va nutqiy faoliyatlarini takomillashtirishga, ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir etishi ta’kidlab o’tilgan.

Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin