Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri


II-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR KO’RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNING HOLATI



Yüklə 396 Kb.
səhifə7/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

II-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR KO’RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNING HOLATI


1. Ta’kidlovchi eksperimentni tashkil etish va o’tkazish
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha o’qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ishlarning xolatini o’rganish maqsadida ta’kidlovchi eksperiment aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan Yunusobod tumanidagi 87 sonli maktabning V, VII va IX sinflarida o’qish darslarida amalga oshirildi. Ta’kidlovchi eksperiment mobaynida quyidagi usullar ishlatildi:
-Rasmdagi komponentlarni aqli zaif o’quvchilar tomonidan idrok etish va tasavvur etish qobiliyatini o’rganish va tahlil etish;
-Aqli zaif bolalarni boshqa odamni ichki dunyosini tushunish darajasini aniqlash;
Buning uchun V, VII va IX sinf o’quvchilari bilan quyidagicha tadqiqot o’tkazildi. Tekshiruvchilarga metro vagonida yig’lab o’tirgan qizaloq rasmi ko’rsatilgan. Uning bir qo’lida so’mkacha, ikkinchi qo’li bint bilan bog’langan. Yo’lovchilar unga xayron bo’lib boqmoqdalar. Rasmni ko’rsatish bilan tekshiriluvchilarga quyidagicha matn berilgan. Metroda bir qizcha ketayapti. U oyna oldida sumkasini quchoqlab o’tirib yig’lamoqda. Hamma unga qarab “Nima bo’ldi?”, “Nimaga bu qizcha yig’layapti?” deb o’ylayapti. Rasmni 5 daqiqa tomosha qilib, matnni 2 marta o’qib o’quvchi qizcha bilan nima bo’lgani, u nima sababda yig’lagani, nima uchun qizcha qayg’urayotganini aytib berish kerak.
- Aqli zaif bolalarga o’rtog’i holatini tushunish uchun o’zaro xat yozish malakasini tadqiqot ob’ekti sifatida tekshirildi. Vazifani to’liq tushunish uchun boshi yozilgan xat aqli zaif bolalarga berildi (Salom qadrli Alijon aka sog’liqlaringiz yaxshimi? Sizga ukangiz Valijon salom xat yozmoqda).
Idrok va tasavvurda aks etadigan narsa tafakkurda taqqqoslanadi, taxlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tafakkur-voqe’ylikning umumiylashtirilgan bevosita va eng to’liq hamda eng aniq intikosidir. Tafakkur jarayonlardagi fikrlar –muxokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqe’likning idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda aniqroq va to’laroq va chuqurroq bilib oladi.
Tasavvur – yuqori ongli jarayon bo’lib, ta’ssurotni yangilanishi va mavjud obrazlar asosida yangilarini yaratishni ko’zda tutadi. Tasavvur shaxs ehtiyojlari asosida motivlanadi. Inson o’z tasavvurida yorqin obrazlar yordamida o’z ehtiyojini qondiradi. Bu holatlarda tasavvur haqiqat aksini tezlashgan holda namoyon qiladi. Faoliyat so’ngida bu jarayon natijalarini tugallangan holda fikriy tasavvur qilishimiz mumkin. Tasavvur yordamida yaqin, uzoq kelajak xodisalarni oldindan tahlil qilish imkoni tug’iladi. Predmet, hodisa, shaxslarni idrok etish jarayonida insonda ayni shu paytda analizatorlarga ta’sir etuvchi obrazlar dunyosi yuzaga keladi. Bu obrazlarni idrok obrazlari deb nomlanadi, idrok obrazlari izsiz yo’qolmaydi, insonlar uni jonlantirish, faollashtirish xususiyatiga egadir. Idrok etish natijasida yuzaga kelgan obrazlar xotirada saqlanib qolishi tasavvur yoki xotira obrazlari deb nomlanadi. Tasavvur obrazlari murakkab tuzilishiga ega bo’ladi. U odamlar faoliyatini tavsiflash, yozuvchi, rassom, konstruktor, kompozitorlarning ijodiy namunalarini tahlil qilish natijasi bo’lishi mumkin. Tasavvur va tafakkurning o’xshash va farqli jihatlari mavjud. Tafakkur ham tasavvur ham murakkab bilish faoliyati bo’lib, inson uning yordamida haqiqatni anglash va kelajakdagi faoliyatini oldindan tavsiflash imkoniga ega bo’ladi. Ular o’rtasidagi farq, tasavvurida hayot haqiqatini anglashni tezlashgan holda idrok etish obrazlar yordamida amalga oshadi. Tafakkurda bu jarayon tushunchalar yordamida amalga oshadi. Agar inson murakkab masalani hal etmoqchi bo’lsa, mavjud ma’lumotlar noaniq bo’lsa, masala yechish jarayoni tafakkurining masala ma’lumotlari to’liqsiz berilsa, bu sharoitdan chiqish uchun inson tasavvur obrazlariga suyanadi. Nutqning rivojlanish darajasiga ko’ra, tushunchali tafakkur va tasavvur ma’lum o’zgarishga uchraydi. Ular nutq sari konkret obrazli komponentlardan ozod bo’lib, mavxum tafakkur elementlariga ega bo’ladi. Tasavvurni tafakkur bilan yaqinlashuvi birinchisini ikkinchisi tomonidan to’liq jamlanib olinishi asosida yuzaga keladi.
Tasavvur uchun yorqin konkret obrazlarning mavjudligi xarakterlidir. Tasavvurda tushunchalar mavjudligi shaxsni konkret, sharoitlar tor noqulayligidan ozod qiladi, haqiqatdan chetga chiqish mavjud tasavvur va ta’ssurotlarni ijodiy yangilanishi, yangi obraz, ob’ektlarni yaratish imkonini beradi. Psixologik tadqiqotlar tushunchali tafakkur nutqini rivojlanish darajasiga bog’liqligini tadqiq etishga qaratilgan. Ma’lumki, nutq tushunchalarni shakllanishi ayrim omil bo’lib, mavxum tafakkur rivojlanishining vositasi hisoblanadi.
Ta’kidlovchi eksperiment aqli zaif o’quvchilar ko’rgazmali-obrazli tafakkurini nutqni rivojlanish darajasiga bog’liqligi tadqiq etishga qaratilgan.


Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin